Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sambochilarning sport takomillashuvi bosqichidagi mashg‘ulot vositalari va yuklamalarini optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1446.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor; Pulatov Fazliddin Muxiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuvi bosqichidagi malakali sambochilarning maxsus tayyorgarligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport takomillashuvi bosqichidagi malakali sambochilarning musobaqa yuklamalarini mashg‘ulot jarayoniga yo‘naltirish maqsadida yaratilgan “Umumiy tayyorgarlik moduli” yuqori darajada ta’sir ko‘rsatuvchi mashg‘ulot vositalarini tanlash va umumiy tayyorgarlik kuniga yo‘naltirish hisobiga ularning tezkor-kuch sifatlari takomillashtirilgan;
sport takomillashuvi bosqichidagi malakali sambochilarning texnik-taktik ko‘nikmalarni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan “Maxsus tayyorgarlik moduli” asosida sambochilarning usullarni bajarish samaradorligini musobaqa faoliyatiga moslashtirish evaziga bellashuvlar vaqtida toj usullarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport takomillashuvi bosqichidagi malakali sambochilarning musobaqa jarayonidagi bellashuvlarda qo‘llaniladigan texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish orqali “Maxsus chidamkorlik moduli” bo‘yicha sambochilarning musobaqa oldi bosqichini korreksiyalash hisobiga texnik-taktik usullarini bajarish mahorati takomillashtirilgan;
sport takomillashuvi bosqichidagi malakali sambochilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlash uchun bellashuvlarda zahira imkoniyatlarini ratsional taqsimlash hisobiga sambochilar uchun yangi “Besh pog‘onali tayyorlash tizimi” ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali sambochilar orasida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha olib borilgan eksperimental ishlar asosida:
18-20 yoshdagi malakali sambochilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonida umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun «Umumiy tayyorgarlik moduli» “Povishenie sportivnogo pedagogicheskogo masterstva (po sambo)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga, 237-264 raqamli guvohnoma). Natijada, jismoniy tayyorgarlikning umumiy darajasi 12,8 foizga o‘sdi, shu jumladan: 100 metrga yugurish vaqti 3,4 foizga, 1000 metrga yugurish vaqti 4,8 foizga, 30 soniyada usulga tezlikda burilishlar soni 2,9% ga, 30 soniyada tezlikka usul bajarish soni 2,5% ga, 5 metrlik arqonga chiqib tushish vaqti 1,4 foizga tezlashtirgan,  30 soniyada tezlikda oldinga umbaloq oshish soni 2,7% ga oshgan;
sport takomillashuvi bosqichidagi malakali sambochilarning musobaqa yuklamalarini mashg‘ulot jarayoniga yo‘naltirish maqsadida yaratilgan “Umumiy tayyorgarlik moduli” yuqori darajada ta’sir ko‘rsatuvchi mashg‘ulot vositalarini tanlash va umumiy tayyorgarlik kuniga yo‘naltirish hisobiga ularning tezkor-kuch sifatlari takomillashtirilganligi yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi huzuridagi «DINAMO» jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga jalb qilingan sambochilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga «Maxsus tayyorgarlik moduli» joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020 yil 28 avgustdagi 02-07-08-2319-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi MG qoshidagi “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyatining 2020 yil 20 avgustdagi dalolatnomasi). Natijada sambochilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 12,8 foizga o‘sgan;
sport takomillashuvi bosqichidagi malakali sambochilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlash uchun bellashuvlarda zahira imkoniyatlarini ratsional taqsimlash maqsadida «Maxsus chidamkorlik moduli» Toshkent shahri “Jar SSK”da shug‘ullanuvchi sambochilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish kompleksining 2020 yil 20 avgustdagi dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sambo yo‘nalishida tahsil oluvchi malakali sambochilarning 30 soniyada tezlikka usulga burilishlar soni 3,7 foizga, 30 soniyada tezlikka usulga tashlashlar soni esa 13,04 foizga oshgan;
O‘zbekiston Sambo Assotsiatsiyasi rahbarligida Toshkent shahrida shug‘ullanib kelayotgan 18-20 yoshdagi yuqori malakali sambochilarning o‘quv-mashg‘ulot dasturiga «Besh pog‘onali tayyorlash tizimi» joriy etilgan (O‘zbekiston Sambo Assotsatsiyasining  2020 yil 20 avgustdagi dalolatnomasi). Natijada, sambochilarning usulga burilishlar soni va samaradorligi 7 foizga, muvaffaqiyatli usullar soni esa 6,1 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish