Yusupov Konisbay Abilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi” (tashkil etish shakllari, darsdan tashqari mashg‘ulotlar), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Ped105.
Ilmiy maslahatchi:  Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Xoshniyazov Jalg‘as Xoshniyazovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasining nazariy, estetik, metodik asoslarni ilmiy tizim tarzida ishlab chiqish va pedagogik amaliyotda foydalanish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik liseylarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslari, didaktik ta’minoti, adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish va darsliklarni tuzish tamoyillari adabiyot darslarida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligiga asoslangan nazariy bilimlarni anglash, amalda qo‘llash, badiiy asarlarni tadqiq qilish usullari analitik, ijodiylik, muqobillik va divergentlik yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
qoraqalpoq adabiyoti bo‘yicha tashkillashtirilgan muammoli, monografik va sharhlash ma’ruzalari konferensiya va seminar darslarida kognitiv, refleksiv texnologiyalar, o‘quvchilarning motivatsiyasi, badiiy matn ustida ishlash va muammoli vaziyatlarning samarali echimlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda jahon ilm-fani yutuqlariga asoslangan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning muammoli va mustaqil ta’lim shakllari, samarali ta’limni kafolatlovchi va amalda tasdiqlovchi kreativ, kognitiv, evristik innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari o‘quvchilarning mustaqil bilim olish xususiyatlarini rivojlantirish orqali takomillashtirilgan; 
qoraqalpoq adabiyoti darslarida o‘quvchilarning motivatsiyasini va kommunikativ kompetensiyasini oshirishning axborot-metodik ta’minoti klaster, insert, aqliy hujum, burchak kabi interfaol metodlarga mo‘ljallangan autentik o‘quv materiallari asosida takomillashtirilgan;
fan dasturida berilgan badiiy asarni tahlil qilishning ilmiy-nazariy va metodik asoslari akademik lisey o‘quvchilarining qoraqalpoq adabiyotiga oid nazariy tushunchalari va badiiy matn ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning adabiy kecha, konferensiya, ko‘rgazmali burchaklar, to‘garak ishlarini interfaol texnologiyalar bilan o‘rganishning ijodkorlik kompetensiyalari va kafolatlangan natijalari asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi akademik liseylarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘qitish jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari, xorijiy davlatlarning ilmiy-metodik yutuqlari, adabiyot fani darsliklarini tuzish tamoyillari, ma’ruza, konferensiya, seminar darslarini foydalanish va tashkil etish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llashga doir takliflardan “Qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-001 raqamli guvohnoma). Natijada akademik liseylarda qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish mazmuni takomillashtirilgan;
qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasini tadqiq etish borasidagi takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilishi 2017–2021 yillarga rejalashtirilgan F3-2016-0908165532-sonli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihaga asos bo‘lgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 89-06-12U-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning badiiy asar mazmunini o‘zlashtirish, matn ustida ishlash malakalari ortishiga erishilgan;
qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda jahon ilm-fani yutuqlariga mos ta’limning yangi shakllari, ta’limni kafolatlovchi va amalda yaxshi natija beradigan interfaol usullardan foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar “Qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi” nomli darslikning mazmunida o‘z aksini topgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim vazirining 2019 yil 25 apreldagi 01-01/11-1990/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
akademik liseylarda adabiy kecha, konferensiya, sayohat, ko‘rgazmali burchak kabi darsdan tashqari mashg‘ulotlarni interfaol texnologiyalar yordamida o‘tkazishning samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga doir takliflardan qoraqalpoq adabiyoti darslarini tashkil etish va darsdan tashqari mashg‘ulotlar sifatini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019 yil 23 sentyabrdagi 07-06/5-09/600-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash imkoniyatlari ortgan;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasining nazariy, estetik, metodik asoslarini tizimlashtirish, pedagogik amaliyotda foydalanish yo‘llarini takomillashtirishga doir takliflar “Qoraqalpoq adabiyoti”, “Qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanlarini o‘qitish mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 89-06-12U-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiyoti fani o‘qituvchilari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bilim darajalari va kasbiy kompetentliligi ortishiga imkoniyat yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish