Palimbetova Malika Janabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davri qoraqalpoq dramaturgiyasi (g‘oya-tematika, janrlar, obrazlar)», 10.00.12 − Qoraqalpoq adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil641.
Ilmiy rahbar: Jarimbetov Qurbonbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Bekbergenova Ziyada, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Kazakbaev Sarsenbay, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri qoraqalpoq dramaturgiyasining g‘oyaviy-mavzuviy yo‘nalishlarini, janr xususiyatini aniqlash, obrazlar tizimi va badiiyligi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1991-2020 yillardagi nashrdan chiqqan dramatik asarlarning g‘oyaviy-tematikasi (milliy va umuminsoniylik g‘oyalari, mustaqillik g‘oyalari), janr xususiyatlari, tarixiy shaxslarning obrazlari, yangi davr qahramonlarining xarakteri va psixologiyasini yoritishdagi mualliflarning badiiy-estetik va uslubiy jihatdan yangicha yondashuvlari ochib berilgan;
teatrda qo‘yilgan, lekin, nashr etilmagan dramatik asarlarning hozirgi davr muammolarini ko‘rsatuvchi, yubileylarga mo‘ljallangan, muayyan tarixiy sanalarga aloqador g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari ochib berilgan; fol`klor-etnografik motivlar, tarixiy, xronikal syujetlar singari badiiy-estetik xususiyatlari va fol`klor qahramonlari, tarixiy shaxs hamda tipik obrazlar orqali isbotlab berilgan;
mustaqillik davrida yaratilgan tarixiy dramatik asarlarda tarixiy voqelikning badiiy haqiqatga aylanishi, syujetda tarixiy voqealarni yoritishda tarixiy va badiiy to‘qima syujetlariga falsafiy tus berilishi kabi yangi yondashuvlar, kompozisiya, dramada tarixiy shaxslar siymosining tarixiy manbalarga asoslangan umumlashma tipi yaratilganligi aniqlangan;
qoraqalpoq dramaturgiyasidagi badiiy til vositalari monolog, dialog, replika, remarka va mimik-pantomimik harakatlar, imo-ishoralar, nutq uslublari, tush motivi kabi obraz yaratish usullarining qahramon xarakterini (ma’naviy holatini, portretini, individual psixologiyasini) ochib berishdagi badiiylik, uslubiy-funksional xususiyatlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri qoraqalpoq dramaturgiyasining g‘oyaviy yo‘nalishini, janri xususiyatlarini, obrazlar tizimini o‘rganish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
bu davrda yaratilgan dramatik asarlarning g‘oyaviy-tematikasi, janr xususiyatlari, qahramon xarakterini yaratishdagi badiiy izlanishlarga bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 12 yanvar 17.01/03-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqlol davri qoraqalpoq dramaturgiyasi masalalari bo‘yicha g‘oyaviy-mavzuviy qirralar, janr xususiyatlari yanada oydinlashtirilgan;
qoraqalpoq yozuvchi-dramaturglari, jumladan, T.Qayipbergenov, T.Allanazarov, A.Utaliev, K.Allambergenov, M.Nizanovlarning adabiy merosining milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati va ular yaratgan obrazlarning yosh avlod ma’naviy olamini boyitishga doir ilmiy xulosalardan «Qoraqalpog‘iston» teleradiokompaniyasining «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Adabiy portret», «Tarixiy shaxslar», «Yoshlar uchun», «Meros» nomli teleko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarini tayyorlashda tadqiqotchining nazariy xulosalaridan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 31 martdagi 01-02/1079-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar ilmiy jihatdan boyitilib, unutilib borayotgan milliy urf-odatlar, qadriyatlar keng ommaga havola etilgan;
buyuk adiblarimizning hayoti haqida yozilgan drama asarlaridan, jumladan, T.Qayipbergenovning «Sahro bulbuli», Q.Matmurodovning «Berdaq», M.Nizanovning «Berdaq», «Ziyuar», «Ayaziy» kabi tarixiy dramatik asarlariga doir ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq milliy muzeyida o‘tkazilgan klassik shoirlarimiz Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘li, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li, ulug‘ shoir I.Yusupovlarning hayoti va ijodiga doir ilmiy-amaliy anjumanlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 31 martdagi 2-03/666-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot tavsiyalari istiqlol davridagi qoraqalpoq dramaturgiyasida xalqimiz milliy qadriyatlarining aks etishi, yaratilgan sahna asarlarining badiiyligi, mavzular rang-barangligi, g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlab bergan;
ulug‘ shoirlarimiz Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘lining (2018 yil noyabr oyida), I.Yusupovlarning (2019 yil may oyida) hayotini keng yoritib bergan badiiy-dramatik asarlarga oid ilmiy xulosalardan teatrda o‘tkazilgan adiblarning hayoti va ijodiga doir an’anaviy, ommaviy tadbirlarning ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri, 2021 yil 6 apreldagi 104-son ma’lumotnomasi). Natijada qorakalpoq teatri va dramaturgiyasining o‘z-ora bog‘liqligi monitoring metodi yordamida olib borilgan tadqiqotlardan kelib chiqqan ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitilgan.