Bekniyazov Berikbay Kozdibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston qozoqlari tilidagi somatik frazeologizmlarning lingvomadaniy tahlili» 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (qozoq tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1356.
Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Eskeeva Mag‘ripa Qaynarbay qizi filologiya fanlari doktori, professor; Dilanov Bekmurza Gulimbetovich filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashayotgan qozoqlar tili materiallari asosida somatik frazeologizmlar, ularning leksik-semantik, konseptual, leksik-mavzuviy xususiyatlarini aniqlash, tillararo o‘zaro ta’sir tarixiy bosqichlarining dialektal, kontaktologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpog‘istonlik qozoqlar tilida faol qo‘llaniladigan somatik frazeologizmlarning boshqa turkiy tillardan ajralib turuvchi lingvomadaniy, jonli so‘zlashuv tiliga xos kognitiv, ayrim somatik birliklarning konseptual, mental madaniy turmushiga oid paradigmatik, mavzuiy va leksik-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
dialektal somatik frazeologizmlarning Qoraqalpog‘istonda istiqomat qilayotgan mahalliy qozoqlar jonli so‘zlashuv tilida qo‘llanilishidagi asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos struktur tahlil va semantik-pragmatik, qozoqlarning izoglossaga uchragan milliy-madaniy va milliy qadriyatlari bilan bog‘liq etnografik xususiyatlari qozoq adabiy tiliga oid materiallar orqali dalillangan;
qoraqalpog‘istonlik qozoqlar tili oraliq dialekt ekanligi somatik frazeologizmlarni boshqa dialektlar bilan ham qiyoslash asosida ochib berilgan, inson tana a’zolari bilan bog‘liq somatik frazemalarning o‘z semantik maydoniga ega ekanligi, emotsional-ekspressiv ifodasi, qoraqalpoq adabiy tili va dialektlaridagi somatik frazeologizmlardan ma’no jihatdan bevosita farqlanishi aniqlangan;
dialektal somatik frazeologizmlarning konseptual belgilarini aniqlash, bunday frazeologik birliklarni mavzuviy guruhlarga ajratish orqali denotativ va konnotativ hamda Qoraqalpog‘istondagi qozoq shevalarining lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston qozoqlari tilidagi somatik frazeologizmlarning lingvomadaniy tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston qozoqlari tilidagi somatik frazeologizmlarni mavzuviy guruhlarga ajratish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi (2012-2016 yy.) FA-F1-G003-son fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 15 fevraldagi 32/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dialektal somatik frazeologizmlarni lingvomadaniy aspektda yangicha tadqiq qilishda manba sifatida asos bo‘lgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qozoqlar tilida inson tana a’zolari bilan bog‘liq nomlar va somatik frazeologizmlarni lingvomadaniy jihatdan aniqlash bo‘yicha xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ko‘rgazma va ekskursiya darslarini o‘tishda  foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2021 yil 16 martdagi 145-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rgazma, ekskurs darslari orqali somatik frazeologizmlarning konseptual xususiyatini o‘rganishga imkoniyat yaratilgan.
dialektal somatik frazeologizmlarning qoraqalpoq, o‘zbek, turkman adabiy tiliga qiyoslanishidagi tafovutlar, ularning qozoq dialektologiyasida tutgan o‘rni, vazifasi bilan bog‘liq fikr-mulohazalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» eshittirishi va «Altin aymaq» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 29 martdagi 01-02/170-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan va turkiy tillar, oraliq dialektlarning rivojlanish tamoyillari bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar tilshunoslik masalalariga qiziquvchi keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish