Qo‘chqorov Oybek Odilbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diafragma shikastlanishlarida diagnostika va xirurgik davo taktikasini takomillashtirish», 14.00.40 - Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib103.
Ilmiy rahbar: Altiev Bozorboy Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rizaev Kamol Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori,
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diafragma shikastlanishidan aziyat chekkan bemorlarni tashxislash va kompleks davolash natijalarini tashxislashni optimallashtirish va davolash taktkikasini tanlashga differensiyasiyaviy yondashuvni ishlab chiqish yo‘li bilan yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diafragmaning ochiq va yopiq shikastlanishlarida qo‘llanilgan turli xil diagnostik va xirurgik yondashuvlarning natijalari nurli diagnostika va endovideoxirurgik texnikaning zamonaviy vositalari imkoniyatlarini inobatga olgan holda tizimlashtirilgan;
diafragma shikastlanishini aniqlashda nurli endovizualizatsiya usullarining, diagnostik torakoskopiya va laparoskopiyaning informativligi asoslangan; 
diafragma shikastlanishlarining diagnostikasi misolida yuqorikinetik mexanik ta’sir natijasida jabrlangan qo‘shma shikastlanishli va politravmali bemorlarning butun tanasini MSKT tekshiruvidan o‘tkazish qoidasini keng tadbiq qilish maqsadga muvifiq ekanligi asoslangan;
diafragma yorilishlarini va postravmatik churralarini aniqlashda MSKTning yuqori informativliligi isbotlangan;
diafragma jarohatlari va yorilishlarini xirurgik davolashda endovideoxirurgiya texnikasining imkoniyatlari namoyon qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Diafragma shikastlanishlarida tashxisot va xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
diafragma turli shikastlanishlarida jarohatlanish turi sabab va oqibatlarni oldini olish va samarli tashxislash va xirurgik davolash taktikasini tanlash asosida ishlab chiqilgan «Diafragma yorilishlarining nurli diagnostikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 oktyabrdagi 8n-d/220-son ma’lumotnomasi). Natijada diafragma yorilishlarining nurli diagnostikasi takomillashtirish, diafragma shikastlanishlarini erta tashxislash va o‘z vaqtida eng maqbul davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish va nogironlikning oldini olish imkoniyatlarini sezilarli kengaytirish orqali kasallikni davolash taktikasini tanlash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
diafragma shikastlanishlarida tashxisot va xirurgik davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch ilmiy amaliy tibbiyot markazining Xorazm va Toshkent viloyatlari fililarining shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 maydagi 8n-z/92-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi  diafragma shikastlanishi tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash, operatsiyadan keyingi spesifik asoratlarni 2 barobar, nospesifik asoratlarni esa 4,7-7,0 barobar kamaytirishga hamda o‘lim ko‘rsatkichini 40,0 foizdan 26,2 foizga qisqartirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish