Anarkulov Azizjan Davlatkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlar moliyaviy-investision salohiyatini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt.709.
Ilmiy rahbar: Pulatov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlar moliyaviy-investision salohiyatini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
investision jazibadorlikni baholashda hududlar investision faoliyati samaradorligining o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichiga (ICORResp< ICORQQR) asoslangan mezoni taklif etilgan;
rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan hududlarning investision loyihalarini moliyalashtirishda investisiya kreditlari bo‘yicha foizlarni Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan bonifikatsiyalash taklif etilgan;
hududlarning investision salohiyatini boshqarishda “iqtisodiy-resurs”, “moliyaviy-resurs”, “ijtimoiy-resurs” komponentlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Hududlar investision pasporti” arxitekturasi loyihasi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida investision faollikni hosilaviy investisiyalar o‘sishiga mul`tiplikativ ta’sirining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
Investision jazibadorlikni baholashda hududlar investision faoliyati samaradorligin ing o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichiga (ICORResp< ICORQQR) asoslangan mezoni bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi PQ-4889-son “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020-2022 yillarda hududiy investisiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 12,3 trln. so‘mlik 1359 ta loyihani ishga tushirish va 17,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutilgan.
Rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan hududlarning investision loyihalarini moliyalashtirishda investisiya kreditlari bo‘yicha foizlarni Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan bonifikatsiyalash bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi PQ-4889-son “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarining “O‘sish nuqtalari”dagi (“drayver” sohalar) investision loyihalarni kreditlash imkoniyatlari yanada kengaytirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududlarning investision salohiyatini boshqarishda “iqtisodiy-resurs”, “moliyaviy-resurs”, “ijtimoiy-resurs” komponentlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Hududlar investision pasporti” arxitekturasi loyihasi ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 243-son «2020-2021 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududiy investision salohiyatga asoslangan holda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investisiya va kreditlar jami hajmida 23,5 foizi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash faoliyat turiga kiritilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga ortgan (o‘tgan yilning mos davrida 20,6 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga kiritilgan jami investisiya va kreditlarning ulushi 13,0 foizni tashkil qilib, 11,3 foizga ortgan, jami investisiya va kreditlarning 16,0 foizi qayta ishlash sanoatiga kiritilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida investision faollikni hosilaviy investisiyalar o‘sishiga mul`tiplikativ ta’sirining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi PQ-4889-son “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida investision faollikni o‘rta muddatli istiqbolga prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.