Raximov Botir Matyakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm dutor maqomlari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/San114.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Nizamov Asliddin, san’atshunoslik fanlari doktori; Ergasheva Chinora Ergash qizi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy-nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm dutor maqomlarining tarixini ochib berish, maqomlarning birlamchi manbalari va musiqa amaliyotini o‘rganish yo‘li bilan o‘zbek maqom san’atidagi o‘rnini aniqlash hamda ularni zamonaviy musiqa amaliyotiga tatbiq etishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Xorazm Tanbur chizg‘ilari”ning Devoniy qo‘lyozma nusxasida dutor maqomlariga xos bo‘lgan Savt, Talqin, Soqiynoma, Nufurdam, Iyfor, Naqsh, Tarona, Choki giribon sakkizta usul mavjudligi aniqlangan;
Dutor maqomlarining parda, usul tizimlari, musiqiy risolalardagi Miskin, Raxoviy, Sadri Iroq, Ag‘yor musiqiy misollar bilan asoslangan;
Dutor maqomlari va hozirgi amaliyotdagi Zixiy Nazzora, Orazibom, Qaddim Xamlig‘i, Urganjiy kabi musiqiy asarlar mavjudligi isbotlangan;
Xorazm dutor maqomlarining olti yarim maqomdan farqli tomonlari, Shashmaqom va olti yarim maqomda ko‘p uchraydigan “Avji turk”, “Avji zebo pari” va “Muxayyar” avjlari dutor maqomlarida uchramasligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm dutor maqomlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tanbur chizg‘ilari asosida yozilgan olti yarim maqom va dutor maqomlari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan bastakorlar va musiqashunoslar sho‘’ba majlislarida milliy maqomshunoslikning janr va ashulalari, mahalliy uslublar shakllanishiga asoslangan holda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2020 yil 17 avgustdagi 01-04/57-110-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh bastakorlar va musiqashunoslar dutor maqomlari haqida yanada yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
Xorazm dutor maqomlarining olti yarim maqomdan farqli tomonlari, Shashmaqom va olti yarim maqomda ko‘p uchraydigan “Avji turk”, “Avji zebo pari” va “Muxayyar” avjlari dutor maqomlarida uchramasligi kabi xulosalar “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi” tomonidan 2018 yil 6-10 sentyabr` kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan “Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturida foydalanilgan (“O‘zbek milliy maqom san’ati markazi”ning 2020 yil 9 noyabrdagi 98-son ma’lumotnomasi). Natijada konferensiya Xorazm dutor maqomlari bo‘yicha yangicha qarashlar va nazariyalar bilan boyigan;
“Maqom san’atimiz sayqali” turkum eshittirishlarida Xorazm dutor maqomlarining tarixi va ularning musiqiy shakllari “tanbur chizg‘ilari”dan zamonaviy nota yo‘liga olingan “Zihiy Nazzora” va “Urganjiy” maqomlari tahlil natijalaridan 2020 yil dekabr oyida “O‘zbekiston” radiokanali orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuv ssenariysida foydalanilgan (“O‘zbekiston” radiokanali 2020 yil 22 dekabrdagi O‘z/R-1-36-14-03-291-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar shu asosda maqom san’atidagi usullar haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lgan;
tanbur chizg‘ilari yozuvidan zamonaviy nota yo‘liga o‘girilgan dutor maqomlarining aytim va cholg‘u qismlari, olti yarim maqomdan farqi haqida olingan natijalar “Xorazm” viloyat teleradiokompaniyasi orqali namoyish qilingan “Navozanda” va “Suvora supasi” turkum ko‘rsatuvlarida ssenariysida foydalanilgan (“Xorazm” viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 18 avgustdagi 10/20-131-son ma’lumotnomasi). Natijada muxlislar shu asosda dutor maqomlari haqidagi xulosalar amaliyotga tatbiq etilgan.