Djuraeva Laylo Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy va musiqa san’ati», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/San35.
Ilmiy rahbar: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Asqarali, tarix fanlari doktori; Ergasheva Chinora Ergashevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy ijodiy merosida musiqa ilmi masalalarini, o‘zbek musiqasi tarixida Alisher Navoiy asarlarining roli va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy asarlaridagi musiqiy atamalar, xususan, chorzarb, nag‘ma, naqsh janrlarining qiyosiy tahlili keyingi davr maqomshunoslar ilmiga zamin bo‘lgani isbotlangan;
Navoiy asarlarida keltirgan “Chahorgoh”lar mualliflari XV asrda yashagan Sohib Balxiy va Pahlavon Muhammad ekanligi hozirgi amaliyotdagi “Ufari Savti Chorgoh” va “Chorgoh IV” orqali aniqlangan;
Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridagi tanqidiy qarashlari, didaktik mohiyati soz va navo ahlining axloqi, tarbiyasi bugungi yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan;
Buzruk maqomining Uzzol sho‘’basi misolida talqin, nasr doira usullarining zarbi, notalar cho‘zimi hamda aruz tizimidagi ramal, hazaj bahrlari uzun va qisqa hijolari mushtarakligida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy ijodida musiqa san’atining o‘rni tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijlar asosida:
Alisher Navoiy asarlaridagi musiqiy atamalar, xususan, chorzarb, nag‘ma, naqsh janrlarining qiyosiy tahlili keyingi davr maqomshunoslar ilmiga zamin bo‘lgani xususidagi xulosalardan Jahon bankining Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek bastakorlari va kompozitorlari ijodida maqom san’ati” nomli AIF 2/14 raqamli xalqaro grantda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 5 noyabrdagi 01-11-01-1842-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bastakorlik ijodiyoti hamda maqomlarning ilmiy rivojlanish bosqichlarini yanada oydinlashtirishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy asarlaridagi musiqiy atamalar, xususan, “maqom” atamasining musiqiy mohiyati haqidagi olingan natijalardan 2020 yil 12 oktyabrda “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Maqomotning inson tarbiyasidagi o‘rni” ko‘rsatuvi hamda shu yil 21 oktyabrda o‘tkazilgan marafon ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 13 noyabrdagi 02-02/117-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar O‘n ikki maqom tizimiga oid maqom atamalari kontekstdagi mazmuniga ko‘ra musiqa sohasidagi “maqom” iborasini anglatganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
Navoiy davri bastakorlari shoir iborasida “bog‘lagan” maqom yo‘llaridan ikkita “Chahorgoh” hozirgi amaliyotdagi mavjud Ufari Savti Chorgoh va Chorgoh IV (qashqarcha) sho‘’basi bilan qiyoslanib, bu asarlar bastakorlari XV asrda yashagan Sohib Balxiy va Pahlavon Muhammad ekanligi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2019 yil 24 iyundagi 01-04/124-228-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh bastakorlar va musiqashunoslarga XV asr bastakorlik ijodiyotiga doir yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoni yaratilgan.