Salieva Zuxra Taxirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped2.
Ilmiy maslahatchi: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mavrulov Abduhalil Abdulhaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning falsafiy, pedagogik-psixologik omillarini aniqlashtirish orqali kasbiy ijtimoiylashtirishning shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmi takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini tashxis etishning axboriy-kognitiv, shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan, hissiy-emotsional, faoliyatli-ijodiy komponentlari hamda diagnostik apparati kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik, pedagogik muloqot ko‘nikmalarini baholash, muvaffaqiyatga erishish va empatiya darajasini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning besh – tanishuv, bilishga doir; baholash, refleksiya, tanlov; interiorizatsiya; fazilatlarni faoliyatda qayta yaratish, dolzarblashtirish; mustahkamlash va korreksiya bosqichlarini integratsiyalash asosida lokal-modulli texnologiya ishlab chiqilgan;
talabalarda samarali muloqot texnikasini shakllantirish, o‘z xulq-atvorini ongli ravishda o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faoliyatga tayyorlash hamda fikriy jarayonlarni tashqi va ichki ta’sirlar birligi asosida boshqarish orqali ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalari takomillashtirilgan;
texnogen sivilizatsiya sharoitida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida axborot xavfsizligini ta’minlash hamda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillarini aniqlashtirish orqali kasbiy ijtimoiylashtirishning shaxslararo, guruhiy, jamoaviy va qadriyatga yo‘naltirilgan integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmi “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan. Mazkur integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmlaridan pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturlari va darsliklarni yaratishda foydalanilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini tashxis etishning axboriy-kognitiv, shaxsiy-qadriyatga yo‘naltirilgan, hissiy-emotsional, faoliyatli-ijodiy komponentlari ITD-4-122-raqamli «Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyiha ish rejasi asosida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning diagnostik texnologiyalarini ishlab chiqish hamda OT-F1-36-raqamli «Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida talabalarning ma’naviyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 iyuldagi 89-03.13.03-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirish konsepsiyasi va odob-axloq qoidalari ishlab chiqishda foydalanilgan;
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning besh – tanishuv, bilishga doir; baholash, refleksiya, tanlov; interiorizatsiya; fazilatlarni faoliyatda namoyon etish; mustahkamlash va korreksiya bosqichlarini integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan lokal-modulli texnologiya ITD-4-122-raqamli «Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyiha ish rejasiga muvofiq yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning umumpedagogik texnologiyasini takomillashtirishda asos sifatida xizmat qilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 iyuldagi 89-03.13.03-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlanganlik darajasini tashxis etishning elektron-dasturiy ta’minoti va ko‘makchi-kompyuterli tizimini ishlab chiqish imkonini bergan.