Shodikulova Gulandom Zikriyaevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasida endoteliy disfunksiyasining tashxisi va davolashiga yangicha yondashish», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib4.

Ilmiy maslahatchi: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Surko Vladimir Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Leading international vision hospital» klinikasi (Turkiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi fonida kechuvchi mitral klapan prolapsi bilan kasallangan bemorlarda endoteliy disfunksiyasini tashxislash, davolash va asoratlarning oldini olish uslublarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

MKP avj olishida BTDDning patofiziologik roli, shu bilan birgalikda yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining buzilishi, yurak ichi gemodinamikasidagi o‘zgarishlar, shuningdek mitral klapan regurgitatsiya va BTDDning ichki va tashqi fenlari namoyon bo‘lish darajalari orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;

biriktiruvchi to‘qima displaziyasi asosida yotadigan molekulyar mexanizmlar – magniy ionlarining konsentratsiyasi, kollagen almashinuvi, matriksli metalloproteinaza va ularning ingibitorlari faolligining buzilishi isbotlangan;

BTDDda MKP bilan og‘rigan bemorlarda yurak gemodinamikasi va kardiomiotsitlar faoliyati buzilishida endoteliy disfunksiyasining asosiy roli borligi aniqlanib, proangiogen va antiangiogen omillar disbalansi ko‘rsatkichlari yurak funksiyasi va gemodinamikasining buzilish darajalariga muvofiqligi belgilab berilgan;

ilk bor endoteliy disfunksiyasi va kollagen almashinuvining buzilishini korreksiya qilish uchun tarkibida magniy saqlovchi preparatlar va L-argininni birgalikda qo‘llash orqali davolash-profilaktika ishlari samaradorligi aniqlanib, yurak gemodinamikasi, yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi hamda kasallik klinik belgilarining kamayishi kuzatilgan;

BTDDda MKPni aniqlash maqsadida tashxislash algoritmi hamda magniy ionlari miqdori, angiogenez holati va endoteliy disfunksiya darajasiga bog‘liq holda davolash, oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasida mitral klapan prolapsini tashxislash, endoteliy holatini baholash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasida mitral klapan prolapsini erta aniqlashning samarali davolash usulini tatbiq etish bo‘yicha  «Biriktiruvchi to‘qima differensiyalashmagan displaziyasi: klinikasi, diagnostikasi va asoratlar profilaktikasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 10 martdagi 8N-d\\20-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma aholi orasida biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi fonida kechuvchi mitral klapan prolapsi bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash  va kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlarini amalaga oshirishga imkon bergan;

aholini 15–28 yoshli kontingenti orasida kasallikni erta aniqlash va davolash, asoratlarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmlar Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi klinik shifoxonasida, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 10 martdagi 8N-d\\20-son va 2015 yil 3 dekabrdagi 8N-z\\22-son ma’lumotnomalari). Ishlab chiqilgan diagnostika va davolash algoritmlari asosida o‘tkazilgan kompleks davo muolajalari davolash samaradorligini 30,1% ga oshirgan va shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 1,4 o‘rin kunga qisqarganligi bilan ijobiy terapevtik samaraga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish