Abdurahimov Qodirjon Abduhalilovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Intellektual faoliyatga ongsizlik komponentlari ta’siri», 19.00.01–Umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va psixologiya tarixi (psixologiya fanlari)

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Psi1.

Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Rsi.02.07.

Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdulla Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Botir Raxmonqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: inson psixikasidagi eng murakkab va ziddiyatli qatlam bo‘lgan ongsizlikning intellektual faoliyatga ta’sirini ochishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

intellektual faoliyatning yaxlit, ammo sub’ekt amalga oshiradigan ko‘p komponentli faoliyatda o‘ziga xos turli daraja va sharoitda jarayon sifatida kechishi ochib berilgan;

ongsizlik onglilikning muhim komponenti sifatida intellektual faoliyat samaradorligini ta’minlab, uni ortiqcha zo‘riqishlardan himoyalashi asoslangan;

onglilikning murakkab polimorf strukturaga egaligi eksplisit, ravshan, emotsional kommunikativ vositalarsiz hamda implisit, sub’ekt tushungan, his qilgan ammo kommunikabel shaklga aylantira olmagan darajasi mavjudligi asosida dalillangan;

semantik differensial matrisa yordamida aniqlangan tafakkur ongli va ongsiz komponentlaridagi muayyan o‘zgarishlar ongsizlik sohasidagi individual anglash jarayonining hosilasi ekanligi ochib berilgan;

subsensor va verbal aytib turishlar natijasida ong ostlilikda yuzaga keladigan tafakkur jarayoni kechishining topshiriq shart va talablarini anglash darajasida va huddi shunday fikrlash harakatlarini anglanmagan holatida ham o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi sinaluvchilarda ongli qaror qabul qilishga asos bo‘luvchi anglash jarayonini faollashtirishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Intellektual faoliyatga ongsizlik komponentlari ta’siri darajasini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:

talabalarda intellektual faoliyat, ko‘p komponentli fikrlash darajasiga doir vazifalar tizimi «210000-Sotsiologiya va psixologiya» ta’lim sohasining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan («O‘zstandart» agentligining 2016 yil 6 yanvar` 16/809-son qarori bilan tasdiqlanib, 36.2022-son raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan). Intellektual faoliyatga ta’sir etuvchi komponentlar tizimi bakalavriat va magistratura bitiruvchilari kasbiy faoliyatining asosiy turlariga qo‘yiladigan umumiy malaka talablarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;

ongsizlik ongni ortiqcha zo‘riqishdan himoyalovchi funksiyani bajarishi, psixik jarayonlarning uzviy bog‘liqligi, intellektual faoliyatga ongsizlik komponentlari ko‘nikma, malaka, odat, ustanovka va intuisiyaning o‘ziga xos ta’siri mavjudligi doirasida olingan ilmiy natijalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimining «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar samradorligini oshirish» hamda «Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olishga qaratilgan idoralararo kompleks chora-tadbirlar» dasturlariga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 iyundagi 89-02-2187-son ma’lumotnomasi). Dasturda belgilangan vazifalardan oliy ta’lim muassasalarining psixolog mutaxassislari, o‘qituvchi-murabbiylari muammoli, tarbiyasi og‘ir talabalar bilan individual psixologik korreksion va tarbiyaviy ishlarida foydalangan hamda ularning xulqida ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga, o‘zlashtirish samaradorligining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish