Axmedova Nasiba Kobiljonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi.Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD.2.

Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilova Shaxnoza Turg‘unovna, pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi; umumiy o‘rta ta’lim maktablari (UO‘TM) rahbarlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlari boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda maktab faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi asosiy yo‘nalishlar loyihasi ishlab chiqilgan;

UO‘TM rahbarlari boshqaruv faoliyati asosiy yo‘nalishlari xususiyatlari hamda ularning amaliy ahamiyati asosida maktab reglamenti va uning strukturasi ishlab chiqilgan;

UO‘TM reglamenti asosida amaldagi maktab ichki tartib-qoidalari va uning strukturasi takomillashtirilgan;

UO‘TM rahbarlarining kasbiy kompetentliligini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari ishlab chiqilgan;

UO‘TM rahbarlarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish jarayonlari innovatsion tuzilishga ega bo‘lgan murakkab pedagogik tizim sifatida loyihalashtirilgan;

UO‘TM rahbarlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish jarayonlari innovatsion yondashuvlar asosida modellashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:

Xalq ta’limi vazirligining «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ichki tartib-qoidalarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012 yil 7 iyunda qabul qilingan 177-son buyruqlari asosida amaliyotga tatbiq etilgan maktab reglamenti va ichki tartib-qoidalarini takomillashtirish asosida tayyorlangan «Maktab reglamenti» va «Maktab ichki tartib qoidalari»da foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/1-3.2/2-son ma’lumotnomasi). Bu pedagoglar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan lavozim vazifalar asosida mehnat taqsimotining amalga oshirilishida hamda uning samarali bajarilishining ta’minlanishiga xizmat qilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2006 yil 16 fevralda qabul qilingan 25-sonli qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash borasida Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasi bilan tayyorlangan «Ta’lim boshqaruvi (menejmenti): nazariya va amaliyot masalalari» (Toshkent, O‘zPFITI.-2013. 144 b.) o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/1-3.2/2.-son ma’lumotnomasi). Ushbu qo‘llanmaning amaliyotga tatbiq qilinishi UO‘TMning tashkiliy tuzilmasi va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish asosida boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishga muayyan darajada imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish