Sayt test rejimida ishlamoqda

Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Globallashuv sharoitida jamoatchilik fikrini shakllantirish institutlarining funksional integratsiyalashuv xususiyatlari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa, (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.F17.

Ilmiy rahbar: Mamashokirov Caidmurod, falsafa fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Rsi.02.07.

Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor;

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi institutlar faoliyatini funksional integratsiyalashtirish va matematik modellarini takomillashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jamoatchilik fikrini shakllantirishning ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorlik (miqdor va sifat o‘zgarishlari dinamikasi) asoslangan;

jamoatchilik fikri shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar matematik modellashtirilib: «korrelyasiya», «xi2 mezoni», «integral baholash», «rentabellik darajasi»ni qo‘llashning samaradorligi (alohida omillarining ahamiyatlilik koeffisienti, o‘zgarishi va bog‘liqlik kuchi) isbotlangan;

jamoatchilik fikrini shakllantirishning strategik vazifalarini belgilash va istiqbollarini prognozlashtirishga javobgar institutlar faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish hamda nazorat qilish metodologiyasini (milliy mental, individual-korporativ xususiyatlariga differensial yondashuv) takomillashtirishga doir tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

jamoatchilik fikri shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlari, sub’ektiv omillari o‘rtasidagi korrelyasion va dialektik aloqadorlik mavjudligi ko‘rsatilgan tavsiyalardan Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2016 yilga mo‘ljallangan ish rejasining ikkinchi, to‘rtinchi bo‘limining 7-, 10-bandlarini bajarishda foydalanilgan (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2016 yil 15 noyabrdagi 01-11-14-6196-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar 2016–2018 yillarga mo‘ljallangan madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari umummilliy Konsepsiyasiga singdirilib, jamoatchilik fikri shakllanuvchi institutlar strukturasini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning optimal variantlarini ishlab chiqishda xizmat qilgan;

jamoatchilik fikri shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar matematik modellashtirilib: «korrelyasiya», «xi2 mezoni», «integral baholash», «rentabellik darajasi»ni qo‘llashning samaradorligini ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining ilmiy tadqiqotlarida (2013, 2014, 2015, 2016) foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2016 yil 28 noyabrdagi 01-16/400-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan olib borilgan qator tadqiqotlarni sistemali tahlil qilishda samarali foydalanildi (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2016 yil 14 noyabrdagi 01/726-son ma’lumotnomasi). Muallif tavsiya qilgan matematik modellar Markaz va institutning jamoatchilik fikrini o‘rganishga doir o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarni kompleks-sistemali va faktorial tahlil etishda qo‘llash, ilmiy tadqiqotlarning metodologik takomillashuviga hamda ish samaradorligini oshirishga imkon berdi;

jamoatchilik fikrini shakllantirishning strategik vazifalarini belgilash va istiqbollarini prognozlashtirishga mutasaddi institutlar faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish hamda nazorat qilish metodologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2015 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 1.5, 1.12, bandlari, shuningdek, «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturining 37, 38, 41, 56, 57, 66-bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazining 2016 yil 7 noyabrdagi 01/05-684-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy g‘oyalar hamda amaliy takliflar markazning targ‘ibot va tashviqot ishlari funksiyasi tarkibiga kiruvchi: jamoatchilik fikrini shakllantirish institutlarining funksional-integratsiyalashuv xususiyatlarini, ya’ni ularning o‘zgaruvchanlik, moslashuvchanlik dinamikasi va ta’sir etuvchi omillarni aniqlashida amaliy ko‘mak berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish