Xudoyqulov Xurshid Xurramovichning
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish»,08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.DSc/Iqt237.
Ilmiy maslahatchi: Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iktisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchitashkilot:O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini baholashning zamonaviy yondashuvlaridan foydalanish hamda metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«kapital aktivlarni baholash», «kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati» va «aksiyadorlik jamiyatining kapital qiymati» kabi tushunchalarga kengaytirilgan holda yondashuv hamda kapital qiymatini baholash mazmuniga ustunlik berilgan mualliflik ta’riflari taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyati kapitaliga kiritilgan investisiyaning pul oqimlarini diskont stavkasini aniqlashda kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati (WACC) usuli orqali aniqlash taklifi ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatining xususiy kapitali pul oqimini diskont stavkasini kapital aktivlarini hisoblash (CAPM) usulidan foydalangan holda baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini IPO va SPO yo‘li bilan taqsimlashda anderrayter tomonidan mul`tipilikator koeffisientlari orqali aksiyaning real qiymatini belgilash taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va investisiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladigan dividend siyosatini yuritish tartibi ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini panel` regrission ekonometrik model` asosida 2023 yilga qadar prognoz baholash ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlari kapital qiymatini baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida:
«kapital aktivlarni baholash», «kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati» va «aksiyadorlik jamiyatining kapital qiymati» kabi tushunchalarga kengaytirilgan holda yondashuv hamda kapital qiymatini baholash mazmuniga ustunlik berilgan mualliflik ta’riflaridan «Moliya bozori va investisiyalar» nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i, 133-131raqamli guvohnoma). Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini baholashda mazkur tushunchalarga mazmunan to‘g‘ri yondashish, ularning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda xususiyatli jihatlarni to‘liq hisobga olish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatining kapitaliga kiritilgan investisiyaning pul oqimlarini diskont stavkasini aniqlashda kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati (WACC) usuli orqali aniqlash bo‘yicha taklifi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 3239-sonli «O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standarti»ga oid buyrug‘ida qo‘llanilgan (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021 yil 26 yanvardagi 352/03-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari qarz kapitalining real bozor qiymati va aksiyadorlik jamiyati kapitalining tarkibiy tuzilishini anaqlash, shuningdek, jalb qilingan kapitalga qilingan xarajatni hisoblash imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, mazkur taklif xalqaro baholash standartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatayotgan barcha baholash tashkilotlari faoliyatiga joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilingan;
aksiyadorlik jamiyatining xususiy kapitali pul oqimini diskont stavkasini kapital aktivlarini hisoblash (CAPM) usulidan foydalangan holda baholashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taqdim ettilgan taklif «O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standarti»dagi bo‘yrug‘ida qo‘llanilgan (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021 yil 26 yanvardagi 352/03-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-amaliy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining xususiy kapitaldan kutilayotgan daromad va tizimli riskni aniqlash hamda milliy baholash standartlarini xalqaro baholash standartlari tamoyillariga muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini IPO va SPO yo‘li bilan taqsimlashda anderrayter tomonidan mul`tipilikator koeffisientlari orqali aksiyaning real qiymatini belgilash bo‘yicha taqdim etilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risda»gi Farmonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi 06/04-02-32/1191-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida mul`tiplikator koeffisientlar va diskont pul oqimi modelidan foydalangan holda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining bozor qiymatini hamda kapital qiymatini baholashga imkoniyat yaratilgan. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradoligini, aksiyaning balans qiymatini, kapital qiymatini, investision salohiyatini va kapitalni baholashning daromad usulidan foydalanishni va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali baholashga xizmat qilgan. Shu bilan birga, aksiyadorlik jamiyatining xususiy kapitali va kapitali qiymatini baholashni amalga oshirishga imkoniyat berilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va investisiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladigan dividend siyosatini yuritish tartibini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-son «Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida qo‘llangan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi 06/04-02-32/1191-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari kapital qiymatini baholashda daromad usulidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, chegirmaviy dividend va chegirmaviy pul oqimlaridan foydalanish, to‘lanadigan dividend va dividend foizlari orqali kapitalning real qiymatini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatilarining dividendlari bo‘yicha pul oqimlarini va daromadlarini o‘sish sur’atlari orqali kapital qiymatini baholash jihatlarini to‘g‘ri tashkil etish ta’minlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatini panel` regrission ekonometrik model` asosida 2023 yilga qadar prognoz baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 12 maydagi 06/04-02-32/1191-son ma’lumotnomasi). Qisqa muddatda o‘zgarishini hamda jamiyatlarga yaqin kelajakda kapitalga bo‘lgan investisiya salohiyatini aniqlashga yaqqol xizmat qilgan. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarini kapitalini haqqoniy qiymatini hisoblash imkonini bergan.