Suyarkulova Madxiya Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatidan oldingi tug‘ruqlar profilaktikasida perinatal yordamni takomillashtirish, uning reproduktiv yo‘qotishlarni kamaytirishdagi samaradorligi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib328.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Gul`jaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy perinatal texnologiyalarni qo‘llashning xavf guruhdagi homilador ayollarda muddatidan oldingi tug‘ruq, perinatal kasallanish va reproduktiv yo‘qotishlar sonini kamayishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marotaba og‘ir preeklampsiyali homilador ayollarda perinatal markaz sharoitida homilador ayol va homila ahvolini monitoring qilish va davolash yo‘li bilan homiladorlikni homila yashab ketadigan paytgacha uzaytirish bo‘yicha yangi perinatal texnologiya ishlab chiqilgan;
ilk bor o‘z-o‘zidan muddatidan oldingi tug‘ruqda hamda tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha ayollarda og‘ir preeklampsiya holatida homiladorlikni uzaytirish peritanal texnologiyasini tadbiq etish hisobiga perinatal kasalliklar va perinatal yo‘qotishlar chastotasini kamayishi asoslangan;
muddatidan oldingi tug‘ruq xavfi va og‘ir preeklampsiyasi mavjud homiladorlarda homilaning yashab qolish imkoniyatini tekshirish va yuritishning klinik-diagnostik algoritmi takomillashtirilgan;
ayollar turmushi sifatini yaxshilash imkonini beradigan zamonaviy perinatal texnologiyalarni joriy etish ekstremal kam vaznli bolalar tug‘ilishini kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muddatidan oldingi tug‘ruqlar profilaktikasida perinatal texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muddatidan oldingi tug‘ruqlar profilaktikasida perinatal yordamni takomillashtirish, uning reproduktiv yo‘qotishlarni kamaytirish asosida ishlab chiqilgan “Muddatidan oldingi tug‘ruqlarda zamonaviy perinatal texnologiyalarni qo‘llash” bo‘yicha uslubiy tavsiyanomasitasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-r/437-sonma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma muddatidan oldingi tug‘ruqlarva og‘ir preeklampsiyada homiladorlikni uzaytirishga, ekstremal kam va nixoyatda kam vaznli chala tug‘ilgan chakaloklarning neonatal o‘limini kamaytirishga, ularning yashab qolish qobiliyatini yaxshilashimkonini bergan;
muddatidan oldingi tug‘ruq va preeklampsiya xavfi mavjud homiladorlarni yuritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon va Namangan viloyat perinatal markazlari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 8n-d/202-sonma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi muddatidan oldingi tug‘ruq va preeklampsiya xavfi mavjud homiladorlarni tekshirish sifatini oshirishga, neonatal o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga, tug‘ruqxonada bo‘lish muddatlarining qisqarishiga, davolash harajatlarini har bir chala tug‘ilgan chaqaloq uchun 1mln. 50 ming so‘mni kamaytirish hamda ayollarning turmush sifatini yaxshilash imkonini bergan.