Ataullaev Azizjon Odilovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Radiotexnik kuzatuvchi tizimlarning elementlari va qurilmalarini sintezlash usullari va algoritmlari», 05.01.06–Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T6.

Ilmiy rahbar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Radjabov Tel`man Dadaevich, texnika fanlari doktori, professor, akdemik; Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnoligiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: radiotexnik kuzatuv tizim nazorati va boshqarish potensialini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi tugunlari va analiz hamda sintez elementlari metodlari algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kuzatuv tizimining xarakteristikasi yaxshilanganda sintezlanayotgan tizimning funksional imkoniyatlari kengayishini ta’minlovchi qayta qurish usulini ishlab chiqilgan;

fazalangan antenna reshetkasining nurini bir turg‘un holatdan boshqasiga tezkor o‘tkazish masalasini ishlab chiqilgan;

kuzatuvning nolli o‘rnatilgan xatoligiga ega boshqarishning kuzatuv tizimini qurishga imkon beradigan burchak o‘lchovchi kuzatuv qurilmasini ishlab chiqilgan;

kuzatuv tizimini boshqarishning yanada yuqori sifatini ta’minlovchi sintezini ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Radiotexnik kuzatuvchi tizimlarning elementlari va qurilmalarini sintezlash usullari va algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qisqa vaqt ichida bir holatdan ikkinchi holatga o‘rnatilgan antenna panjarasini fazalangan nurlari o‘zgarishini ta’minlovchi radiotexnik kuzatuv tizimini matematik modeli va boshqaruv algoritmi «UNICON.UZ» DUKga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 18 oktyabrdagi 09-8/5768-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijasi avtomatlashtirilgan va hisoblash texnikasining zamonaviy vositalari yordamida engil amalga oshiriluvchi modellashtirish va noaniq boshqarish algoritmlari murakkab texnik tizimlar boshqarish jarayonlari samaradorligini oshirish, boshqarish ob’ektlari parametrlarini ishonchli baholash imkonini beradi;

radiotexnik kuzatuv tizimlarining teskari aloqalarga amplitudaviy diskriminatorlar bilan signallarga darajali ishlov berish qurilmasi «SANOATALOQA» MChJda joriy etilgan («O‘ZELTEXSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasining 2016 yil 3 noyabrdagi 02-1585-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqotlar natijasida teskari aloqali amplitudali diskriminatorlari elementlari va qurilmalari sifatini hamda tuzilishini takomillashtirish imkonini bergan;

antennani azimutli yuritma qurilmasi va antennani bir holatdan ikkinchi holatga o‘zgartiradigan uzatmaning tezkor o‘tkazilishi tizimi avtomatikasi tajriba sinovi «ZANGORI EKRAN» MChJda joriy etilgan («O‘ZELTEXSANOAT» aksiyadorlik kompaniyasining 2016 yil 3 noyabrdagi 02-1585-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari elektromagnit signal parametrlarini kuzatishni amalga oshirishda avtomatik tizimlarini boshqarish usullarini takomillashtirish  imkonini bergan;

murakkab xalaqit signalli sharoitlarda faoliyat yurituvchi radiotexnik majmualar va qurilmalarni nazorat qilish va boshqarish jarayonlarini intellektuallashtirish texnologiyalarining ilmiy-uslubiy asoslari asoslanganligi va kirish ta’sirlari noaniqligi sharoitida to‘lqin kanalli kuzatuvchi tizimlarni sintezlash echimlari F-4-56–«Murakkab texnologik ob’ektlarning intellektual boshqarish sistemalarini qat’iymas to‘plamlarni tasvirlash asosida strukturali parametrik sintezlashning nazariy asoslarini va usullarini ishlab chiqish» nomli fundamental loyihani (2012–2016 yy.) bajarishda  murakkab xalaqit signalli sharoitlarda ishlovchi murakkab dinamik ob’ektlarni boshqarishning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, tezkorligi va aniqligini oshirishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 3 noyabrdagi FTK-0313/741-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi murakkab tizimlarni boshqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish, ob’ektlarning parametrlarini ishonchli baholarini olish hamda modellashtirish va noaniq boshqarishning tipik algoritmlaridan foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish