Xusainov Raxmatjon Baxrambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Seysmodinamika vyazko-uprugo-plasticheskogo vzaimodeystviya podzemnogo truboprovoda s gruntom (lineynie i nelineynie zadachi)»  (Er osti quvurining grunt bilan yopishqoq-elastik-plastik o‘zaro ta’siri seysmodinamikasi (chiziqli va chiziqsiz masalalar)), 01.02.04–«Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi» (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FM233.
Ilmiy rahbar: Rashidov Tursunbay texnika fanlari doktori, professor, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. 
Rasmiy opponentlarning: Safarov Ismoil Ibrohimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand Davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kontaktda yopishqoq-elastik-plastik o‘zaro ta’sir xususiyatiga ega er osti quvurining, seysmik to‘lqin harakatlanuvchi sinus, harakatlanuvchi sinus yarim to‘lqini impul`si va uchburchak shaklidagi impul`s ta’sirlarida kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlashdan iborat. Undan tashqari er osti quvuri kesimlarida hosil bo‘ladigan ko‘chish va deformatsiyaga uzel massasi, o‘zaro ta’sir elastik va yopishqoqlik koeffisientalri, grunt tebranish davri va tezligi va impul`s shaklining ta’sirini aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti quvurlari seysmodinamikasida, sonli taqribiy usullarning keng qo‘llanilishi orqali, hisoblash uslublari takomillashtirilgan;
seysmik ta’sir analitik funksiyalar, ya’ni harakatlanuvchi sinus to‘lqini, sinus yarim to‘lqin impul`si va uchburchak shakldagi impul`s ko‘rinishlardagi hollarda er osti magistral quvurlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
chekkalari uzelga mahkamlangan er osti quvurining bo‘ylama tebranish masalasi Fur`e usulidan foydalanib, analitik echim olindi. Natijalar sonli usulda olingan natijalar bilan solishtirildi va sonli usul yordamida olingan echimlarni etarli darajada aniqligi isbotlandi;
«quvur–grunt» tizimida er osti quvurlarining yopishqoq-elastik va yopishqoq-elastik-plastik o‘zaro ta’sirini inobatga olganda, QDHni sonli hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Er osti quvurlari seysmodinamikasi jarayonlarini tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«quvur-grunt» tizimining yopishqoq-elastik-plastik o‘zaro ta’sirida er osti quvurini hisoblash uslubi, izlanish natijalari «HI-TECH DESIGN» MChJda er osti quvurlarini loyihalash va ekspluatatsiyasi jarayoniga joriy etilgan («HI-TECH DESIGN» MChJning 2019 yil 1 noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada loyihalash jarayonida hisoblash vaqtini 1.25 marta tejalishiga, quvurning turg‘unligi 1.15 marta chidamlilik zahirasi bilan hisoblanish imkoni yaratilgan;
«quvur-grunt» tizimining yopishqoq-elastik-plastik o‘zaro ta’sirida va seysmik ta’sir sinus yarim to‘lqini va uchburchak shakldagi impul`slar ko‘rinishida bo‘lgan holda «quvur-grunt» tizimining yopishqoq-elastik o‘zaro ta’sirida er osti quvurining hisoblash uslubi, «Suvsoz» DUKda er osti quvurlarini loyihalash jarayoniga joriy etilgan («Suvsoz» DUKning 2019 yil 22 oktyabrdagi dalolatnomasi). Ilmiy izlanish natijasini tadbiq etilishi, qurilish maydonchasining seysmik intensivligini hisobga olgan holda, quvurni turg‘un ishlashi va xizmat vaqtini 1.6 marta uzaytirish, quvurda hosil bo‘ladigan kuchlanishni 10-30% ga kamaytirish imkoni yaratilgan; 
tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etilishi haqida Qurilish vazirligidan (O‘zbekistan Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi №10391/ 09-07 –son ma’lumotnomasi) ijobiy xulosa olindi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish