Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘o‘za va bug‘doyning qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan bog‘liq oqsil va izofermentlari hamda ularni filogenetik tahlillarda qo‘llanilishi», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V4.
Ilmiy maslahatchi: Yunusxonov Shavkat, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Botanika va zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.27.06.2017.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Rustam Sultonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xoliqov Po‘lat Xo‘jamqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Davronov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za, bug‘doy oqsil va izoferment markerlari hamda ularni qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan bog‘liq holda irsiylanishini aniqlash va filogenetik tahlillarda (g‘o‘za) qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning muayyan tur va navlarini elektroforetik pasportlashtirish imkonini beruvchi uch turdagi oqsillarning (suvda, buferda va qiyin eruvchi) etalon spektri tuzilgan;
g‘o‘za oqsil markerlarining ayrim qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan bog‘liq holda irsiylanishi aniqlangan;
g‘o‘zaning oqsil markerlari bo‘yicha yaqinlik darajalari bitta turga mansub guruhlarda, har xil turlarga mansub genom guruhi vakillariga nisbatan yuqoriligi aniqlangan;
G.raimondii turi oqsil tarkibi bo‘yicha A1 va A2 genom guruhi vakillariga yaqinligi isbotlangan;
bug‘doy navlarida turli populyasiyalarning tarqalish chastotasi turlichaligi va ushbu ko‘rsatkich populyasiya ichidagi biotiplarning ma’lum agroiqlim sharoitlariga moslanuvchanligiga bog‘liq holda etishtirish yillari bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
bug‘doy navlarida kleykovina miqdori turlicha ekani hamda ushbu belgiga agroiqlim va agrotexnik sharoitlarning ta’sir qilishi aniqlangan;
yumshoq bug‘doyning yangi istiqbolli «Pahlavon» navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘za va bug‘doyning qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan bog‘liq oqsil va izofermentlari hamda ularni filogenetik tahlillarda qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bug‘doyning «Pahlavon» navi yaratilgan va 2014 yildan Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2013 yil 18 dekabrdagi 248-son buyrug‘i). Natijalar «Pahlavon» navining Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida birlamchi urug‘chiligini tashkil etish imkonini bergan;
«Pahlavon» navi Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 31 dekabrdagi 02/20-1288-son ma’lumotnomasi). «Pahlavon» navidan respublikamizning tegishli tuproq-iqlim sharoitida qolgan yumshoq bug‘doy navlariga (Chillaki, Tanya, Krasnodar-99) qaraganda gektaridan 5,3–9,4 sentner ko‘p hosil olingan.