Arziqulov Eshquvat Ulashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ionlar implantatsiya qilingan kremniyning tok o‘tkazish mexanizmlari, fotoelektrik va magnit xossalari”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/FM158
Ilmiy maslahatchi: Zikrillaev Nurillo Fatxullaevich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Tishabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Abduraxmanov Qaxar Pattoxovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Onarqulov Karimberdi Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi U. A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli engil va og‘ir ionlar bilan kremniy, kremniy dioksidi va kremniy karbidini implantatsiya qilinganida ular sirtining amorf holatga o‘tishining kritik dozasini, o‘rtacha yugurish yo‘lini va energiya yo‘qotishlarini nazariy aniqlash metodikasi ishlab chiqish; ionlar implantatsiya qilingan kremniy va kremniy karbidida tok oqish mexanizmlarini hamda ularnig fotoelektrik va magnit xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yarimo‘tkazgich taglikda nanostrukturalar hosil bo‘lishini belgilovchi, turli yarimo‘tkazgich materiallar uchun amorflashuvnig kritik dozasini Fircovning modifikatsiyalangan potensialidan foydalanib nazariy yo‘l bilan aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
ionlar implantatsiya qilingan yarimo‘tkazgichlarda amorf faza hosil bo‘lishining mexanik va kuchli nomuvozant modeli taklif qilingan;
turli engil va og‘ir ionlarning kremniy, kremniy dioksidi va kremniy karbidida o‘rtacha yugurish yo‘lini va energiya yo‘qotishlarini nazariy yo‘l bilan aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan;
marganes ionlari implantatsiya qilingan kremniy monokristallari asosida hajmida nanoklasterlar bor bo‘lgan, oldindan berilgan elektrofizik, fotoelektrik va magnit xossali kuchli kompensirlangan namunalarni olish texnologiyasi yaratilgan;
ilk marotaba marganes ionlari implantatsiya qilinib olingan kuchli kompensirlangan kremniy namunalarida katta musbat magnit qarshiligi kuzatilgan va bu effektni tushintirish imkonini beruvchi mexanizm taklif qilingan;
ilk marotaba marganes ionlari implantatsiya qilib olingan kuchli kompensirlangan kremniy namunalarida infraqizil nurlanish ta’sirida fototokning infrapast chastotali tebranishlari kuzatilgan va bu effektni tushintirishga imkon beruvchi mexanizm taklif qilingan;
ilk marotaba fosfor ionlarining kvant nuqtalar elektron strukturasiga ta’siri va SiO2:Si nanokompozit fotolyuminessensiyasini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kremniy hamda kremniy dioksidi namunalarida nanoklasterlar va nanokristallar shakllanishi hamda elektrofizik, magnit, magnitotransport va fotoelektrik xossalarni tadqiq qilish natijalari asosida:
marganes ionlarini implantatsiya qilib olingan, oldindan berilgan elektrofizik, fotoelektrik va magnit xossaga ega bo‘lgan kuchli kompensirlangan kremniy olish texnologiyasidan “FOTON” AJda foydalanilgan («Uzeltexsanoat» AK tomonidan 2020 yilning 25 sentyabrda berilgan № 04-1/1747 raqamli ma’lumotnoma). Dissertatsiya ishida olingan natijalar keskin p-n o‘tishlar olishda qo‘llanilgan;
ionlar implantatsiyasi orqali olingan kuchli kompensirlangan n-Si<B, Mn> namunalarida kuzatilgan katta musbat magnit qarshilik hodisasidan F2-FQ-0-047339 F2-015 “Kvant o‘lchamli nanostrukturlar fizikasi” fundamental loyihsida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yilning 23 sentyabrida berilgan № 89-03-3474 raqamli ma’lumotnoma). Ilmiy natijalardan foydalanish kvant o‘lchamli ob’ektlarda ikkitalik, uchtalik va to‘rttalik magnitopolyaronlarning hosil bo‘lishini tushintirishga imkon berdi;
XXR Vuxan unversiteti Tezlatgichlar laboratoriyasi (The Accelerator Laboratory of Wuhan University (China)) xodimlari tomonidan ikki turdagi aralashmalarni SiO2 va SiC kombinatsiyalangan holda implantatsiya qilganda turli xil nanostrukturalar hosil bo‘lishiga bag‘ishlangan eksperimentlar natijalarini tushintirishda foydalanilgan (XXR Vuxan unversiteti Tezlatgichlar laboratoriyasining2020 yi 22 aprelda bergan xulosasi);
oddiy kremniy monokristalliga qaraganda keng oraliqda yutilish va yuqori fotosezgirlikka ega bo‘lgan, marganes ionlari implantatsiya qilinishi natijasida NKlar hosil bo‘lgan kremniy namunalari asosida fotoelektrik modullarni yaratishda AQShning N`yu Jersi shtatidagi Ramopo kollejida amaliyotga tadbiq etilgan. Olingan natijalarni orolbo‘yi hududi aholisi uchun sho‘rlangan suvlarni tozalashda qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgan (2011 yilda Orol dengiziga O‘zbekiston-Amerika olimlarining AQSh “TRUST mutual” fondi ko‘magidagi hamkorlikdagi ekspedisiyasi) (2020 yil 25 aprelida berilgan ma’lumotnoma).