Abdullaeva Rohila Yusufjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tilida xarakter ifodalovchi birliklar semantikasi» 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil447.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi antropominant birliklarning semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xarakter ifodalovchi birliklarning psixologik, lingvistik, lingvomadaniy belgilar uyg‘unlashgan lisoniy-kognitiv manzara kodlari sifatida axborot berish va uzatish bilan bog‘liq kommunikativ, so‘zlovchining shaxsiy munosabatlarini ifodalashga doir emotsional-ekspressiv xususiyatlari lingvistik-semantik, lingvokul`turologik jihatdan ochib berilgan;
inson xarakter-xususiyatini ifodalovchi birliklarning unga xos bo‘lgan aql, did, farosat, iqtidor ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi temperament tushunchasi bilan aloqadorligi va ayni vaqtda yondosh hodisalar ekanligi, ularni lingvistik jihatdan farqlash zarurati psixolingvistik aspektda dalillangan;
shaxs xarakteriga ishora qiluvchi frazema va maqollarning ma’noviy guruhlari, insonga xos ijobiy va salbiy bahoni ifodalashga doir eksperssiv-emotsional jihatlari va milliy lisoniy manzaradagi madaniy semalari sinonimik, antonimik paradigmalar misolida ochib berilgan;
o‘zbek tili antropominant birliklarining milliy lisoniy manzara uchun xos bo‘lgan leksik, frazeologik, paremiologik guruhlari modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining antropominant birliklarini tadqiq qilish barobarida chiqarilgan nazariy va amaliy natijalar asosida:
milliy lisoniy manzara, milliy tilni o‘rganishda madaniy belgi tushunchasi, qardosh bo‘lmagan tillar qiyosi xususidagi xulosalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan Erasmus + dasturining “UZCOD 2.0: Furthering the Quality of Doctoral Education at Higher Education Institutions in Uzbekistan” (573703-EPP-1- 2016-1-BE-EPPKA2- CBHE-SP) (2017-2019) nomli loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 89-03-5124-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning til o‘qitish tizimini takomillashtirish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar bilan chog‘ishtirma aspektda ko‘rsatib berish xususidagi nazariy ma’lumotlari boyitilgan;
inson xarakter-xususiyatlariga ishora qiluvchi sifatlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, antropominant frazeologizmlar va ko‘chma ma’noli so‘zlar: zoonimlar, somatizmlar, tabiat hodisalari nomlari, kasallik nomlari, diniy tushunchalarni ifodalovchi leksik qatlam xususidagi xulosalardan Andijon davlat universitetida “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini oshirishning zamonaviy usullari” mavzusidagi A-1-126 raqamli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 89-03-5124-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning o‘qitish tizimining tadrijiylik, mavzuiy jihatlari xususidagi qismi kengaytirilgan;
milliy leksik kolorit, milliy xarakter, milliy til va milliy mentalitet, madaniyat va til o‘rtasidagi aloqalarga xulosalaridan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “O‘zbek raqs san’ati terminologiyasi” mavzusidagi PZ-20170930188-raqamli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 4 yanvardagi 05-12-10-14-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy madaniyat birikmasining mazmun ko‘lami xususidagi o‘rinlar oydinlashgan.