Ismatullaeva Nargiza Rasuljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy va o‘zbek tillarida lakunalarning voqelanishi”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil857.
Ilmiy rahbar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Xamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Akramdjan Abil`evich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xitoy va o‘zbek tillarida lakunalarning yuzaga kelish omillarini aniqlash, ularni tarjima jarayonida to‘ldirish va bartaraf etish usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy va o‘zbek tillarida lakunalarning leksik, semantik hamda grammatik xususiyatlari, paradigmatik jihatlari, nutqda verbal ifodasini topishi, ushbu til birliklarining asosan ot, fe’l, sifat, ravish singari so‘z turkumlariga tegishliligi dalillangan;
xitoy va o‘zbek tillarida lakunarlik hodisasi qarindoshlik terminlari, somatizmlar hamda paralingvistik vositalar orqali yuzaga chiqishi asoslangan;
xitoy va o‘zbek tillaridagi lakunalarning lingvomadaniy omili “qovurmoq”, “kiyim-kechak”, “vaqt”, “rang” kabilarni ifodalovchi so‘zlar vositasida ko‘proq namoyon bo‘lishi aniqlangan;
tarjima nazariyasidagi “lakuna” va “realiya” tushunchalarining lisoniy hamda milliy-madaniy xususiyatlarga ko‘ra semantik, funksional chegaralari belgilanib, ushbu birliklarning tarjimada ifodalanishidagi shakl bilan bog‘liq tashqi va mazmun bilan bog‘liq ichki jihatlari ochib berilgan;
xitoy va o‘zbek tillarida lakunalarni to‘ldirish hamda bartaraf etishning transformatsiyaviy va kontekstual tarjima usullari orqali amalga oshishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy va o‘zbek tillaridagi lakunalarning voqelanishi bo‘yicha tadqiqot yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
xitoy va o‘zbek tillaridagi lakunalarning tahlili, tasnifi va ularni tarjimada bartaraf etish muammolariga oid natijalardan A 1-180 “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 89-03-5133-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning tatbiqi lakunalarning tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalaridagi talqini, ularning tipologik tasnifi, lakunarlikni tarjimada bartaraf etish masalalarini oydinlashtirishga yordam bergan;
xitoy va o‘zbek tillarida lakunalarning tasnifi, ularni aniqlash metodlari, ayrim mavzuiy guruhlarda lakunalarning ifodalanishiga oid tadqiqot natijalaridan Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti Akademik tadqiqotlar bo‘limi loyihalari bo‘yicha 10301-202000205 “Masofaviy ta’limni tashkillashtirish va isloh qilish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti 2020 yil 6 iyundagi 10301-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti (Minzu university of China)da o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda hamda xitoyliklar uchun “O‘zbek tili” darsligi tayyorlashda xizmat qilgan;
xitoy va o‘zbek lingvomadaniyatlarida lakuna va realiyalarni aniqlash, ularni tarjimada to‘ldirish usullari bilan bog‘liq xulosalardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida o‘tkazilgan “Jahon informatsion sivilizatsiyasi shakllanish jarayonida O‘zbekistonda tillar rivojlanishi istiqbollari” mavzusidagi ilmiy seminar materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 11 sentyabrdagi 01-13-1538-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima jarayonida lakuna hamda realiyalarni to‘ldirishda turlicha tarjima usullaridan foydalanishni oydinlashtirishga yordam bergan;
xitoy va o‘zbek tillarida lakunalarning voqelanishi, lakunalar ko‘p aniqlangan mavzuiy guruhlar hamda ularni tarjimada to‘ldirish usullari xususidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” turkum radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2020 yil 3 dekabrdagi 04-25-1216-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tatbiqi efirga uzatilgan eshittirishning ilmiy dalillarga boy va ilmiy-ommabop bo‘lishini ta’minlagan.