Kamilov Davron Zafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sekulyarlashuv jarayonining ijtimoiy-falsafiy tahlili», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal364
Ilmiy rahbar: Kushaev Umidjon Raximovich, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlar doktori, professor; Yovkochev Shuxrat Akmalovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sekulyarlashuv jarayonining ijtimoiy-tarixiy mohiyati va uning rivojlanishini ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sekulyarlashuv jarayoni ta’sirida diniy konfessiyalar tomonidan umuminsoniy tamoyillar asosida zamonaviy inson huquq va erkinliklarining e’tirof etilayotganligi natijasida buddaviy, xristian, musulmon jamiyatlarida vijdon erkinligi hamda dinlararo muloqot qadriyatga aylanib borayotgani asoslangan;
sekulyarlashuv demokratik jamiyatning asosiy talablaridan biri ekanligi hamda dunyoviylik va diniylik mutanosibligini ta’minlovchi, ular o‘rtasidagi munosabatlarning qat’iy chegarasini belgilab beruvchi asosiy omil ekanligi ochib berilgan;
dunyoviylik ijtimoiy hayotda dinga bo‘lgan e’tiqod va amaliyotni demokratik qonunlar asosida rivojlanib borishini ta’minlovchi, davlat boshqaruvi darajasidagi ortga qaytmaydigan barqaror jarayon ekanligi isbotlangan;
sekulyarlashuv ijtimoiy ongda hurfikrlilik, ratsional tafakkurni yuksaltirish uchun xizmat qiluvchi omil, dunyoviy jamiyat tartibining asosiy mezonlaridan biri hamda diniy maxdudlik va mutaassiblik profilaktikasining ta’sirchan vositasi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sekulyarlashuv jarayoni ta’sirida diniy konfessiyalarning inson huquqlari, vijdon erkinligi, dinlararo muloqotni takomillashtirishga yo‘nalgan faoliyati dunyoviy munosabatlar me’yorlariga moslashayotganligi natijasi ekanligiga oid xulosa, amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359 sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan «Dinshunoslik» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3569-son ma’lumotnomasi). Natijalar talabalarning diniylik va dunyoviylik mutanosibligi borasidagi bilimlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
sekulyarlashuv jarayoni dunyoviy va diniy bilimlar mutanosibligini ta’minlash, ulardan ijtimoiy hayotda foydalanish, shaxslararo muloqotda ixtiyor erkinligiga amal qilishning me’yori ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892 sonli buyrug‘i asosida nashr etilgan «Falsafa» darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3569-son ma’lumotnomasi). Natijalar talabalarninng diniy ta’limotlarning inson dunyoqarashi va ruhiyatiga ta’siriga doir bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat boshqaruvi darajasidagi ob’ektiv sekulyarlashuv va individual ong darajasidagi sub’ektiv sekulyarlashuvning o‘zaro aloqadorligi aholining dinga e’tiqod qilish uchun yaratilayotgan sharoitlarda namoyon bo‘lganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Agentligining respublika talaba yoshlari uchun «Dunyoviylik dahriylik emas» o‘quv uslubiy qo‘llanmasini tayyorlash, «Bu aziz vatan barchamizniki» mavzusidagi festivallarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Agentligining 2020 yil 03 oktyabrdagi 01/4-13-23-340 son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda axborot iste’moli madaniyati va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish, diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
sekulyarlashuv jarayonining falsafiy tahlili asosida diniy e’tiqod liberallashganligi, vijdon erkinligi umuminsoniy qadriyatga aylanganligi isbotlanganligi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning aholini ijtimoiy dunyoqarash yo‘nalishlarini, dinning jamiyatdagi o‘rnini aniqlashga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 02 oktyabrdagi 4981-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida malaka oshirish kurslari uchun tayyorlangan «Dinshunoslik» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasida sekulyarlashuv jarayonining mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan.