Xuseinova Maysara Abduvafoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oq rus hamda mahalliy echki zotlarini chatishtirishdan olingan avlodlarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlari”, 06.02.01 - Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.RhD/Qx315.
Ilmiy rahbar: Aripov O‘ktam Xadjimuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Rahimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Eshmatov Izzatillo Yangiboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oq rus hamda mahalliy echki zotlarini chatishtirishdan olingan avlodlarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlariga  har xil omillarning ta’sirini aniqlash tufayli echkilar mahsuldorligini oshirishga erishish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takalar bilan chatishtirishdan olingan I va II avlod duragaylaridan foydalanish hisobiga mahalliy echkilarga nisbatan echki sutini 34,1-66,6% ga va go‘shtini 11,0-14,7% ga ko‘p ishlab chiqarish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor mahalliy echkilarga nisbatan G‘1 duragaylarda serpushtlik xususiyatlari 20,0% va G‘2 duragaylarida 35,0% ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;  
echkilarning tug‘ilgandagi tirik vazn ko‘rsatkichi oq rus zotining genotipidan foydalanish hisobiga mahalliy zotga qaraganda I avlod duragay (F1) uloqlarda 15,7% ga, II avlod duragaylarda (F2) 19,1% ga ustun bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor somatotropin geni bo‘yicha gomozigot bo‘lgan AA va VV genotipidagi echkilarning sut sog‘imi miqdori ushbu gen bo‘yicha geterozigot  bo‘lgan AV genotipdagi echkilarga nisbatan 9,79 kg (52,8%) va 8,17 kg (44,1%) yuqoriroq bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oq rus hamda mahalliy echki zotlarini chatishtirishdan olingan avlodlarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
mahalliy echkilarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oq rus zotli takalar bilan chatishtirish yo‘li bilan yaxshilash usuli Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Naslli kumush kurka” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 31 martdagi №3-1/315-son ma’lumotnomasi). Natijada  umumiy samaradorlik darajasi I avlod duragaylarida 5,9% ga, II avlod duragaylarida esa 8,7 % ga oshgan; 
mahalliy echkilarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oq rus zotli takalar bilan chatishtirish yo‘li bilan yaxshilash usuli Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Toshpolvon botirlari” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 31 martdagi №3-1/315-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy samaradorlik darajasi I avlod duragaylarida 5,2% ga, II avlod duragaylarida esa 7,8 % ga oshgan;
mahalliy echkilarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oq rus zotli takalar bilan chatishtirish yo‘li bilan yaxshilash usuli Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Tutli qorako‘l zamini” MChJda joriy etilgan (Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 31 martdagi №3-1/315-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy samaradorlik darajasi I avlod duragaylarida 5,0% ga, II avlod duragaylarida esa 7,6% ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish