Shaptakov Erkin Suyunovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qorako‘lchilikda jadal ravishda go‘sht va po‘stinbop teri etishtirishning ilmiy hamda amaliy asoslari”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.2.DSc/Qx131.
Ilmiy maslahatchi: Bazarov Soli Rahmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Umarov Shavkat Ramazonovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Shakirov Qaxramon Jo‘raboevich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qorako‘l qo‘ylarida go‘sht mahsuldorligining shakllanish qonuniyatlarini, semirtirish, bo‘rdoqilash xususiyatlarini o‘rganish asosida qorako‘l teri va boshqa mahsuldorliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan va sohada go‘sht etishtirishni 15-20% oshirish imkonini beruvchi go‘sht va qo‘y terisi etishtirishning ilmiy–asoslangan texnologiyalari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qorako‘lchilikda qo‘ylarning o‘sish davrlari kesimida - bo‘g‘oz sovliqlarni an’anaviy yaylovda boqishda homilaning embrional davrdagi, yangi tug‘ilgandagi, sut emish, 4,5; 8,0 va 18,0 oylikdagi quchqorchalarning hamda turli oziqlantirish darajalari va texnologiyalar sharoitida o‘stirilayotgan har xil yoshdagi qo‘chqorchalarning go‘sht mahsuldorligining shakllanish qonuniyatlari aniqlangan;
turli oziqlantirish darajalari va texnologiyalari sharoitida o‘stirilgan yosh qo‘chqorchalarning o‘sish xususiyatlari, go‘sht mahsuldorligi, go‘shtning sifat ko‘rsatkichlari - yosh o‘tishi bilan muskullardagi namlik miqdorining kamayishi, yog‘ miqdorining ortib borishi, oqsil va kulning miqdori deyarli o‘zgarmasligi hamda ichki yog‘ va dumba yog‘i miqdori, dumba yog‘i o‘zining konsistensiyasi bo‘yicha ichki yog‘ga qaraganda zichroq bo‘lishi aniqlangan;
boshqa mahsulot turlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan hamda go‘sht-yog‘ mahsuldorligining oshishini, go‘sht va qo‘y terisi sifatining yaxshilanishini ta’minlovchi hayvonlarni so‘yim oldi saqlashning yaylovda boqish va qo‘shimcha oziqlantirish, donli ekinlardan bo‘shagan, paxtasi terilgan maydonlarda boqish, yaylovda boqish va oxirgi 70 kun bo‘rdoqilash, 90 kun mobaynida jadal bo‘rdoqilash kabi maqbul texnologiyalari ishlab chiqilgan;
qo‘zilarning tug‘ilgandagi gavdasining yirikligi, poycha aylanasi, konstitutsiyasining mustahkamligi ularning voyaga etgan davrdagi tirik vazni bilan bog‘liqligini hisobga olgan holda, tug‘ilganda tanasi yirik, poycha suyaklari o‘rtacha qalinlikda bo‘lgan, mustahkam va qo‘pollashgan konstitutsiya tipidagi hayvonlarni tanlash natijasida, qo‘y go‘shti etishtirish hajmini ko‘paytirish (20,0-25,0%) va sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin bo‘lgan erta bashoratlash bo‘yicha test ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
qorako‘lchilikda go‘sht-yog‘ etishtirish maqsadida qo‘chqorchalarni jadal usulda 90 kun semirtirish va shu yilning o‘zida so‘yishning afzalligi asoslab berilgan;
fermer xo‘jaliklari sharoitida go‘sht mahsuldorligini oshirish maqsadida hayvonlarni so‘yim oldidan yaylovlarda g‘allasi o‘rib olingan va paxtasi yig‘ib olingan maydonlarda boqib semirtirishning samaradorligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorako‘lchilikda go‘sht va po‘stinbop teri etishtirishni jadallashtirish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yosh qo‘zilarni boqib va bo‘rdoqilab semirtirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “O‘zbekiston” qorako‘lchilik MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi №02/23-323-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh hisobiga daromad 215,5 ming so‘mni, rentabellik darajasi 58,7 foizni tashkil etgan;
yosh qo‘zilarni g‘alla va paxta dalalari qoldig‘idan foydalanib boqib va bo‘rdoqilab semirtirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining “Fayzullaev Jahongir O‘ktamovich” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi №02/23-323-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtasi terilgan maydonlarda boqishda bir bosh hisobiga daromad 156,6 so‘mni, rentabellik darajasi 42,3 foizni tashkil etgan;
yosh qo‘zilarni yaylovda boqish va qo‘shimcha oziqlantirish hamda turg‘un bo‘rdoqilash texnologiyasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining “Yomgirchiev Uktam Xasanovich” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi №02/23-323-son ma’lumotnomasi). Natijada yaylovda boqish va qo‘shimcha oziqlantirishda bir bosh hisobiga daromad 46,5 ming so‘mni, yaylovda boqish va 70 kun bo‘rdoqilashda 114,9 ming so‘mni, 90 kun jadal bo‘rdoqilashda 208,4 ming so‘mni, rentabellik darajasi tegishlicha 10,1; 24,4 va 49,4 foizni tashkil etgan;
yosh qo‘zilarni yaylovda boqish va qo‘shimcha oziqlantirish hamda turg‘un bo‘rdoqilash texnologiyasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining “Chorshanbiev Og‘abek Sobirovich” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 sentyabrdagi №02/23-323-son ma’lumotnomasi). Natijada yaylovda boqish va qo‘shimcha oziqlantirishda bir bosh hisobiga daromad 46,5 ming so‘mni, yaylovda boqish va 70 kun bo‘rdoqilashda 114,9 ming so‘mni, 90 kun jadal bo‘rdoqilashda 208,4 ming so‘mni, rentabellik darajasi tegishlicha 10,1; 24,4 va 49,4 foizni tashkil etgan.