Xamzaev Akbar Abdalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqlik elektr stansiyasining xususiy ehtiyoj agregatlarini asinxron yuritmasini ishga tushirilishini mikroprotsessor yordamida boshqarish», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar» (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T767.
Ilmiy rahbar: Alimxodjaev Kamaliddin Tillaxodjaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Kamalov TolyaganSirajiddinovich texnika fanlari doktori, professor; AripovNazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mikroprotsessor boshqaruvidan foydalangan holda issiqlik elektr stansiyasining xususiy ehtiyoj agregatlarini asinxron elektr yuritmasini «tiristor kuchlanish o‘zgartirkich-asinxron motor» tizimli ishga tushirish sxemasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tiristor kuchlanish o‘zgartirkichning parallel va ketma-ket ulangan tiristorlar guruhining impul`slarini mikroprotsessorli boshqarish asosida ishga tushirish usuli takomillashtirilgan;
tiristor kuchlanish o‘zgartkichning nochiziqli aktiv qarshilik asosida matematik modeli ishlab chiqilgan;
yuqori kuchlanishli asinxron motorni mikroprotsessorli tiristorli kuchlanish o‘zgartkichi asosida boshqarish usuli takomillashtirilgan;
yuklama o‘zgarishini kompensatsiyalash asosida yuqori kuchlanishli asinxron motorni ravon ishga tushirish sxemasi ishlab chiqilgan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori kuchlanishli katta quvvatli asinxron motorlarni ishga tushirish uchun «tiristor kuchlanish o‘zgartirkich-asinxron motor» tizimini qo‘llash hamda mikroprotsessor yordamida ularni boshqarish imkoniyatlari haqidagi axborotlar tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quvvati 5000 kVt ta’minot nasosining ishga tushirish uchun mikroprotsessor boshqaruvli «tiristor kuchlanish o‘zgartirkich-asinxron motor» tizimi «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJda joriy qilingan (Energetika vazirligining 2020 yil 28 iyuldagi 04-13-3946-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr motorlarning ta’mirlashsiz xizmat muddatini 12 oygacha oshirish imkonini bergan;
quvvati 630 kVt so‘ruvchi ventilyatorning ishga tushirish uchun mikroprotsessor boshqaruvli «tiristor kuchlanish o‘zgartirkich-asinxron motor» tizimi «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJda joriy qilingan (Energetika vazirligining 2020 yil 28 iyuldagi 04-13-3946-son ma’lumotnomasi). Natijada ventilyatorning elektr motorini ish rejimi optimallashtirilgan va elektr motorning ta’mirlashsiz xizmat muddatini 19 oygacha oshirish imkonini bergan;
yuqori kuchlanishli xususiy ehtiyoj agregatlarini ravon ishga tushirish uchun mikroprotsessor boshqaruvli «tiristor kuchlanish o‘zgartirkich-asinxron motor» tizimi «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJda joriy qilingan (Energetika vazirligining 2020 yil 28 iyuldagi 04-13-3946-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 139 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.