Kurbanov Baxram Shukrievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va o‘zbek tillarida leksik paradigmalar derivatsion jarayonlar aksi sifatida”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil747.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillari so‘z yasalishi tizimida sinonimiya va omonimiyaning paradigmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tillarida sinonimik va omonimik paradigmalar yasalishining morfologik, leksik-semantik va kompozision usullarini chog‘ishtirish orqali ularning so‘zga so‘z qo‘shilishi kabi allomorf va so‘zga prefiks, suffikslar qo‘shilishi kabi izomorf xususiyatlari aniqlangan;
rus va o‘zbek tillarida tub va yasama fe’lli sinonimik va omonimik paradigmalarning struktur-semantik, sintaktik-transformatsion, funksional-semantik xususiyatlari leksik derivatsiyaning grammatik-funksional kategoriyasi sifatida aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillarda fe’lli sinonimik va omonimik paradigmalarning tuzilishiga oid formal-struktur belgilarini ajratish hamda tarkibiy tuzilishidagi tub va yasama so‘zlarni aniqlash orqali ularning tub leksemali, yasama leksemali, tub va yasama leksemali turlari mavjudligi isbotlangan;
rus va o‘zbek tillarida fe’lli sinonimik va omonimik paradigmalarni derivatsion chog‘ishtirish tamoyillarini aniqlash orqali so‘z yasalish uyalari tarkibida derivatlarning o‘zaro munosabatlari o‘zaklar, affikslar sinonimiyasi va omonimiyasi orqali ifodalanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Rus va o‘zbek tillari leksik paradigmalarining derivatsion xususiyatlarini tadqiq qilish davomida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
rus va o‘zbek tillarida sinonimik va omonimik paradigmalar yasalishining morfologik, leksik-semantik va kompozision usullarini chog‘ishtirish orqali ularning so‘zga so‘z qo‘shilishi kabi allomorf va so‘zga prefiks, suffikslar qo‘shilishi kabi izomorf xususiyatlariga oid dissertatsiya natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2016-2017 yillarda bajarilgan IOT-2016-1-15 raqamli «O‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar tayyorlash» mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 avgustdagi 89-03-2697-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur darslik o‘zbek va rus tili guruhlari uchun mavzularni yoritib berishga doir tavsifiy materiallar bilan boyitilgan;
rus va o‘zbek tillarida tub va yasama fe’lli sinonimik va omonimik paradigmalarning struktur-semantik, sintaktik-transformatsion, funksional-semantik xususiyatlari leksik derivatsiyaning grammatik-funksional kategoriyasi ekanligini dalillashga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan I-OT-2019-7 raqamli «Umumiy o‘rta maktablar uchun mo‘ljallangan 3D tizimli interaktiv o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va joriy qilish (5-sinf «Adabiyot» fani uchun)» nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3305-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikdagi leksemalarning qo‘llanilishi, ma’lum bir tildagi leksemani qarindosh bo‘lmagan tildagi leksema bilan qiyoslash, leksemaning leksikografik talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda fe’lli sinonimik va omonimik paradigmalarning tuzilishiga oid formal-struktur belgilarini ajratish hamda tarkibida tub va yasama so‘zlar ishtirokini aniqlash orqali ularning tub leksemali, yasama leksemali, tub va yasama leksemali turlari dalillanganligi hamda «Ruscha-o‘zbekcha sinonimlar lug‘ati»ga oid materiallardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-018 raqamli «O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish» mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3254-son ma’lumotnomasi). Natijada leksik birliklarning lug‘atlardagi tavsifi, terminlarning ideografik xususiyatlarini izohlash, ularning tahlili muammolarini tavsiflash hamda tarixiy taraqqiyot bosqichlaridagi tadrijiy takomili bo‘yicha ma’lumotlar boyitilgan;
rus va o‘zbek tillarida leksik paradigmalarning sinonimik, omonimik munosabatlarini chog‘ishtirma-tipologik aspektda ochib berish hamda disserrtatsiyada tahlilga tortilgan sinonimik, omonimik, so‘z yasalishi lug‘atlarining lug‘at tuzish, lug‘atlarga so‘z tanlash va so‘z qo‘llash prinsiplariga oid ilmiy xulosalardan «Ruscha-o‘zbekcha sinonimlar lug‘ati»ni tuzishda foydalanilgan (Russko-uzbekskiy slovar` sinonimov. – Tashkent: Complex Print, 2020. – 256 s.). Natijada lug‘atdagi leksemalarning qo‘llanilishi, rus tilidagi sinonimlarning qarindosh bo‘lmagan o‘zbek tilidagi ekvivalentlari bilan qiyoslashga oid ma’lumotlar mukammallashtirilgan.