Axmedov Jasurbek Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirish (XIX-XXI asrlar)», 17.00.06 - Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar447.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, PhD.02/09.07.2020. Tar.120.01.
Rasmiy opponentlar: Matboboev Boqijon Xoshimovich, tarix fanlari doktori, professor; Fayziev Xurshid Turgunovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirish va muzeylarning moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlashdagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysidagi madaniy meros ob’ektlari (998 ta, 2018 y.): Andijon viloyatida «Hunarmandchilik etnografik zonasi» (XX asr), «Bog‘i Bobur ramziy qabr muzeyi» (XX asr), Namangan viloyatida «Maxdumi A’zam maqbarasi», «Sulton Uvays Qaroniy majmuasi» (1863 yil) va Farg‘ona viloyati «Jahon Otin Uvaysiy yodgorlik-muzeyi», «Huvaydo yodgorlik-muzeyi»lari hisobiga Respublika moddiy madaniy meros ob’ektlari milliy ro‘yxati (1072 ta, 2019 y.) kengaytirilgan;
jahondagi moddiy-madaniy yodgorliklarni nazariy va amaliy jihatdan restavratsiya hamda konservatsiya qilish jarayoni ma’lumotlarning vujudga kelishi (XIV-XV aa.), nazariyaning shakllanishi (XVII-XVIII aa.), metodlarning yaratilishi (XIX a. o‘rtalari) va madaniy merosni muhofaza qilishga oid me’yoriy hujjatlarning (konvensiya, xartiya) qabul qilinishi (XX a.) kabi tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlarda shakllanganligi dalillangan;
Farg‘ona viloyatidagi Quva buddaviylik ibodatxonasi, Tepaqo‘rg‘on yodgorligi, Andijon viloyatidagi Mingtepa, Eylatan, Dalvarzintepa arxeologik yodgorliklari, Ahmadbek xoji mehmonxonasi, Otaqo‘zi madrasasi, Namangan viloyatidagi Munchoqtepa, Mug‘tepa, Ayritom arxeologik yodgorliklari, Xo‘ja Amin maqbarasi yodgorliklarni yaxlit majmua sifatida tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan holda muzeylashtirilishi zarur bo‘lgan ob’ektlar ekanligi asoslab berilgan;
Farg‘ona vodiysining boy tarixini keng ommaga targ‘ib qilishda uning geografik joylashuv yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta hunarmandchilik markazi, 15 ta muzey, 12 ta arxeologik va 28 ta me’moriy ob’ektlarni o‘zida qamrab olgan «Qubo–Ershi–Axsi» turistik marshruti ishlab chiqilgan, shuningdek, keng qamrovli tarixiy ma’lumotlarni turizmni rivojlantirish orqali etkazib berish afzalliklari yangi tarixiy dalillar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirish masalalarini tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘sinda joriy etilgan:
Farg‘ona vodiysidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirishda jahondagi moddiy-madaniy yodgorliklarni restavratsiya va konservatsiya qilishning tarixiy-tadrijiy rivojlanish bo‘yicha tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «O‘zbekiston XIX-XX asrlarda» va «Mustaqil O‘zbekiston: ozod va obod Vatan» ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 311255-991-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar faktik materiallar va muzey ekspozisiyasini takomillashtirish, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysi tarixiy-madaniy yodgorliklar muzeylashtirish masalalari tadqiqi natijasidan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «XVI-XIX asrlarda O‘zbekiston», «O‘zbekiston XIX-XX asrlarda» va «O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘linishi» bo‘limlarini boyitishda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari tarixi haqidagi umumiy ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 311255-991-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tarixiy-madaniy yodgorliklar tarixini o‘rganishga, yosh avlodni madaniy me’rosga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam bergan;
Farg‘ona vodiysining boy tarixini keng ommaga targ‘ib qilishda uning geografik joylashuv yo‘nalishidagi tarixiy-madaniy yodgorliklar haqida keng qamrovli tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «O‘zbekistonda turizm taraqqiyoti», «O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti» bo‘limlari va «O‘zbekiston-Buyuk ipak yo‘li chorrahasida» nomli ko‘rgazmalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 311255-991-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mustaqillik yillarida turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng ma’lumotlar berishda, shu bilan birga ekspozisiya orqali yoshlarda tarixiy-madaniy yodgorliklarga bo‘lgan hurmat hissining kuchayishiga imkon bergan;
Farg‘ona vodiysidagi tarixiy - madaniy yodgorliklarni yaxlit majmua sifatida tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan holda muzeylashtirilishi bo‘yicha ilmiy natijalardan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 01-11-08-4781-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy - madaniy yodgorliklarni asrab avaylash, shunindek muzeyga tashrif buyuruvchilarning boy tariximizga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilgan.