Xolmirzaev Nodirjon Nizomjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirishda mehnat an’analarining o‘rni», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal224.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Qambarov Abdumutal Axadjonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondayoshlar ijtimoiy faolligini yuksaltirishda mehnat an’analarining o‘rni va ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy-nazariy asoslash hamda yoshlar ongini egoizm, ishsizlik, loqaydlik kabi illatlardan xalos qilish, shuningdek, ular ongiga daxldorlik, fidoiylik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni singdirishbo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda mehnat an’analari bo‘lgan birlashtiruvchilik, yaratuvchilik, tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirishda mehnatsevarlik, o‘z kasbini ulug‘lash omillaridan hamda ustoz-shogird tizimidan, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan oqilona foydalanish zaruriyati mantiqiy dalillangan;
yoshlar faolligini yuksaltirishda milliy an’ana, qadriyatlar va tarbiya tizimining dialektik aloqadorligi (tarkibiy tuzilmasi, talablari) va deterministik xususiyatlari (jismoniy, ruhiy va axloqiy tarbiya) muhim ahamiyatga ega ekanligi mehnat an’analari va mehnat tarbiyasi tushunchalari kontekstida ilmiy-nazariy asoslangan;
mehnat munosabatlarida yoshlar ijtimoiy faolligiga negativ ta’sir ko‘rsatuvchi ratsionalistik (kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmaning etishmasligi) va praksiologik (loqaydlik, mas’uliyatni his etmaslik, dizadaptatsiya) omillarni bartaraf etishning “sabab-oqibat” aloqadorligi asosidagi ijtimoiy-falsafiy mohiyati falsafaning umumiylik, xususiylik va alohidalik kategoriyalari vositasida ochib berilgan;
yoshlarning o‘zgaruvchan mehnat bozori sharoitlariga moslashishlari mehnat madaniyati tamoyillari (tashabbuskorlik, strategik maqsad, marketing savodxonligi)ni tizimlashtirish va yosh mutaxasislarni rejalashtirish, ularning faoliyatiga baho berish kabi innovatsion ta’sir turlarini takomillashib borishiga bog‘liq ekanligi nazariy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
yoshlarda mehnat an’analari bo‘lgan birlashtiruvchilik, yaratuvchilik, tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirishda mehnatsevarlik, o‘z kasbini ulug‘lash omillaridan hamda ustoz-shogird tizimidan, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan oqilona foydalanish zaruriyati mantiqiy dalillanganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4206-son ma’lumotnomasi). Natijada davrimizning yoshlar oldiga ko‘ndalang qo‘yayotgan zamonaviy ijtimoiy faollik talablari to‘g‘risida falsafiy mushohadalarini ifodalab berishga xizmat qilgan;
yoshlar faolligini yuksaltirishda milliy an’ana, qadriyatlar va tarbiya tizimining dialektik aloqadorligi (tarkibiy tuzilmasi, talablari) va deterministik xususiyatlari (jismoniy, ruhiy va axloqiy tarbiya) muhim ahamiyatga ega ekanligi mehnat an’analari va mehnat tarbiyasi tushunchalari kontekstida ilmiy-nazariy asoslanganligiga oid nazariy-metodologik xulosa va takliflardan A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4206-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yozilgan uslubiy ko‘rsatmaning ilmiy boyitilishiga erishilgan;
mehnat munosabatlarida yoshlar ijtimoiy faolligiga negativ ta’sir ko‘rsatuvchi ratsionalistik (kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmaning etishmasligi) va praksiologik (loqaydlik, mas’uliyatni his etmaslik, dizadaptatsiya) omillarni bartaraf etishning “sabab-oqibat” aloqadorligi asosidagi ijtimoiy-falsafiy mohiyati falsafaning umumiylik, xususiylik va alohidalik kategoriyalari vositasida ochib berilganligiga oid xulosa va takliflardan Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «Ma’naviyat festivali» va «Baxtga xaqli el» shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlarning ssenariylarini tayyorlash va amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 14 noyabrdagi 02-014-1534-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ijtimoiy faolligi ortishi, ma’naviy qiyofasining shakllanishiga oid profilaktik tadbirlarda yuqori samaralarga erishilgan;
yoshlarning o‘zgaruvchan mehnat bozori sharoitlariga moslashishlari mehnat madaniyati tamoyillari (tashabbuskorlik, strategik maqsad, marketing savodxonligi)ni tizimlashtirish va yosh mutaxasislarni rejalashtirish, ularning faoliyatiga baho berish kabi innovatsion ta’sir turlarini takomillashib borishiga bog‘liq ekanligi nazariy jihatdan asoslanganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan, xizmat jarayonida foydalanish uchun muvofiqlashtiruvchi yo‘riqnoma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 4 noyabrdagi 04-13/4967-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning mehnat bozorlarida kasbiga mos ish o‘rinlarini topishlari, mehnat munosabatlarida, ish beruvchi va jamoa a’zolari orasida do‘stona ishchanlik muhitini yaratish jarayoniga hizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish