Elinskaya Ol`ga Leont`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzoq muddatli oqibatlarni hisobga olgan holda oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlatishni xavfga yo‘naltirilgan tartibga solishning gigienik jihatlari» 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.3.DSc/Tib460.
Ilmiy maslahatchi: Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuxtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Gigiena va jamoat salomatligi shimoliy-g‘arbiy ilmiy markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzoq muddatli oqibatlarni hisobga olgan holda oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlatishda xavfga yo‘naltirilgan tartibga solishning gigienik jihatlari, mahsulotlarning xavfliligi, zaharliligi va zararli ta’siri tavsifini baholashning metodologik yondoshuvlarini ishlab chiqishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organizmning ichki muhitini buzilishiga sabab bo‘luvchi ovqat qo‘shimchalarining o‘rni, ahamiyati va ulushi, kelib chiqishi kimyoviy va biologik ksenobiotiklar bilan ozuqaviy xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanish darajasi asoslangan;
tabiiy, tabiiyga mos va sun’iy ozuqaviy qo‘shimchalarni oziq-ovqat mahsulotlarida reglamentlashni baholash uchun zararli ta’sir tavsifi va namoyon bo‘lishini qiyosiy nuqtai nazardan baholash orqali oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish tuzilmasi ishlab chiqilgan;
kelajak avlodlar uchun uzoq oqibatlarni yuzaga kelishini hisobga olish bilan ozuqaviy qo‘shimchalarni qo‘llash xavfsizligini toksiko-gigienik baholash tartibi ishlab chiqilgan;
sintetik ovqat qo‘shimchalarining organizmga salbiy ta’siri homiladorlik davrida rivojlanadigan belgilar tana skeletining o‘sish jarayonini pasaytirish xususiyatlari isbotlangan;
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi ozuqaviy qo‘shimchalarning me’yorlarini bank ma’lumotlari va toksikologik parametrlarini tadqiq qilish natijalarini tizimlashtirish va tahlil qilish asosida insonlar salomatligiga ovqat qo‘shimchalarini ko‘rsatadigan ta’sir xavfini boshqarish va baholashda yondoshuvlarning an’anaviy tartibi takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzoq muddatli oqibatlarni hisobga olgan holda oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlatishni xavfga yo‘naltirilgan tartibga solishning gigienik jihatlarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
import ovqat qo‘shimchalari, biologik faol moddalar, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va iste’molga yaroqliligini baholash va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Oziq-ovqat mahsulotlari texnik xujjatlarining sanitar epidemiologik ekspertiza qilish tartibi» 0192-05-son sanitariya me’yor va qoidasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8-n/r 431-son ma’lumotnomasi). Natijada ovqat qo‘shimchalari qo‘shilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda me’yoriy xujjatlarni ekspertiza qilishga sharoit yaratish imkonini bergan;
importda olib kelinadigan va ishlab chiqiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik va sanitar kimyoviy tarkibining gigienik baholash, ularni saqlash va tashish davomida oziqaviy qiymatini buzilishini oldini olish maqsadida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi gigienik normativlari» 0366-2019-son sanitariya me’yor va qoidasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8-n/r 431-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizga olib kelinadigan va ishlab chiqiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik va sanitar kimyoviy tarkibining inson organizmiga zararsizligi va xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan;
import va mahalliy ishlab chiqariladigan ovqat qo‘shimchalarini ishlatishda yuzaga keladigan xavfini tartibga solish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Uzoq muddatli oqibatlarni hisobga olgan holda oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlatishni xavfga yo‘naltirilgan tartibga solishning gigienik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8-n/r 431-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat qo‘shimchalarini toksiko-gigienik ekspertizasini aniq va sifatli amalga oshirish jarayonini tezlashtirish imkonini bergan;
uzoq muddatli oqibatlarni hisobga olgan holda oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlatishni xavfga yo‘naltirilgan tartibga solishning gigienik jihatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Prezident adminstratsiyasi xuzuridagi sanitariya epidemiologiya nazorati boshqarmasi va Toshkent viloyati Qibray tumani davlat sanitariya epidemiologiya xizmati amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-z/206-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi oziq–ovqat mahsulotlarida ozuqaviy qo‘shimchalarni reglamentlashni standartlash, uslubiy tizim va algoritmini o‘z ichiga olish, ozuqa qo‘shimchalarini qiyosiy qayd oldi toksik-gigienik ekspertizasi–xavfini o‘tkazish tartibi va metodologiyasi ishlab chiqishi, inson salomatiligiga har qanday turdagi ovqat qo‘shimchalarini ta’sir xavfini baholash hamda boshqarishga yondoshuvlar tajribada approbatsiyalangan gigienik chora–tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.