Karimova Muqima Muxamadsadikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tugunli, aralash va ko‘p tugunli buqoq kasalligini yod tanqisligi sharoitida kechish xususiyatlari», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyotfanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/Tib840.
Ilmiyrahbar: Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiyopponentlar: Raximova Gul`nara Nishanovna tibbiyot fanlari  doktori, professor; Xaydarova Feruza Alimovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchitashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tugunli, aralash va ko‘p tugunli bo‘qoqlarning rivojlanishiga yod tanqisligi sharoitining ta’sir etish jarayonini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:
yakuniy gistologiya va TIRADS (Thyroid Imaging Reporting and Data Systems) tizimi bo‘yicha ul`tratovush ma’lumotlari taqqoslanganda malignizatsiya xavfi TIRADS2-4%, TIRADS3-12,5%, TIRADS4-50%, TIRADS5 92,3% malignizatsiya xavfi o‘sishi asoslangan.
O‘zbekistonda qalqonsimon bez jarroxlik amaliyotida Betesda tasnifini qo‘llash va amalga oshirish bilan birgalikda tugunli xosilalarni bashorat qilish va differensial baxolash asoslangan;  
ingichka ignali aspiratsion biopsiya va yakuniy gistologiya ma’lumotlari taqqoslanib Vethesda2 da malignizatsiya xavfi 9%, Vethesda4 da-38%, Vetnesda5 da-88% ga to‘g‘ri kelganligi asoslangan;
olingan ekspress gistologiya va yakuniy gistologiya ma’lumotlarini taxlilida Vetnesda4 da malignizatsiya xavfi 47%, Betnesda5 100%, Betnesda6 esa 100% ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tugunli, aralash va ko‘p tugunli bo‘qoq kasalligini yod tanqisligi sharoitida kechish xususiyatlari ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“TIRADS” tizimi bo‘yicha qalqonsimon bez tugunini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “TIRADS” tizimi bo‘yicha qalqonsimon bez tugunini baxolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 8n-d/293-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tugunli bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarni UTT yordamida bosqichma bosqich erta aniqlash algoritmini yaratish imkonini bergan;
tugunli bo‘qoqlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Tugunli bo‘qoqlarni davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 noyabrdagi 8n-d/492-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tugunli bo‘qoq kasalligini erta aniqlash, tashxislash va davolash, bemorlarda nogironlikni oldini olish hamda respublikamizning barcha tibbiyot muassasalarida profilaktika yordami sifatini oshirish imkonini bergan;
Bethesda tizimi bo‘yicha qalqonsimon bez tugunini sitologik baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Bethesda tizimi bo‘yicha qalqonsimon bez tugunini sitologik baxolash” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 noyabrdagi 8n-d/494-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tugunli buqoqlarni malignizatsiyaga o‘tishini erta aniqlash va jarrohlik amaliyotini samaradorligini yoki residivini oldini olish yo‘llarini optimallashtirish, reabilitatsiya muddatlarini kamaytirish imkonini bergan.
Tugunli bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri tireoidologiya bo‘limida va Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani terapiya bo‘limida amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021yil 5 martdagi8n-45/son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy kilinishi tugunli bo‘qoq kasalligini erta aniklash, malignizatsiyani oldini olish, asoratlarni kamaytirish va samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish