Umedova Shohida Numanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Akademik lisey va yuqori sinf o‘quvchilarining oziq moddalarga bo‘lgan fiziologik talabi va uning qondirilishi (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari misolida)», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B204.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Shoniyoz, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.V.70.03.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Yunus Samandarovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qarshi va Termiz shaharlari sharoitida akademik lisey va yuqori sinf o‘quvchilarining amaldagi ovqatlanishining fiziologik talablarga moslik darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy O‘zbekiston sharoitida o‘quvchilarning amaldagi ovqatlanishi aniqlangan va shu yoshdagi organizmning fiziologik talablaridan kelib chiqib, ularni qay darajada qondirilganligi ochib berilgan;
o‘quvchilarning ovqat ratsionida kal`siy, yod elementlari, S, A, D, V9, V12 vitaminlarining me’yordan kamligi, magniy elementi, V1, V6 vitaminlarining ko‘pligi, temir elementi va PP vitaminining me’yorda ekanligi aniqlangan;
o‘quvchilarni amaldagi ovqatlanishi bilan ularning o‘quv yuklamalari hamda yangi jamoaga adaptatsiya bo‘lish darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
o‘quvchilarni amaldagi ovqatlanishi me’yor talablariga mos kelmasligi aniqlangan va bu holat ularning tana vazni indeksi (Ketle indeksi)ga ta’sir etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Akademik lisey va yuqori sinf o‘quvchilarining oziq moddalarga bo‘lgan fiziologik talabi va uning qondirilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy O‘zbekiston sharoitida o‘quvchilarning amaldagi ovqatlanishi shu yoshdagi organizmning fiziologik talablaridan kelib chiqib, qay darajada qondirilganligiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida noqulay ekologik sharoitda yashaydigan o‘smirlar sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqishda metodik material sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2021 yil 7 yanvardagi 12/2/00-62-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu Orolbo‘yidagi noqulay sharoitda yashovchi o‘smirlar salomatligiga atrof-muhitning noqulay omillari va ekologik inqiroz ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;
o‘quvchilarning iste’mol taomlari tarkibida kal`siy va yod moddalarining, S, A, D, V9 va V12 vitaminlarining me’yordan kam ekanligiga doir xulosalardan №FA-F-6-004 «Yurak-qon tomir kasalliklarini davolashni adekvat yo‘llarini ishlab chiqish uchun yurak va silliq mushak hujayralari istiqbolli nishonlarini modulyasiya mexanizmlarining kopleks tavsifi» mavzusidagi loyihada o‘quvchilarning mineral moddalar bilan ta’minlanganlik darajalarini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 89.03-489-son ma’lumotnomasi). Natijada, aorta silliq muskul hujayralaridagi Ca miqdorini kamayishini va sarkoplazmatik retikulumdan Sa2+ ionlari transportini ingibirlash imkonini bergan.