Eshmatov Sirojiddin Keldiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1152.
Ilmiy rahbar: Umurzakov O‘ktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot nomi: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi mamlakatimizda meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qiymat zanjirini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotchilikda qo‘shilgan qiymat zanjiri modeli (value chain model) ishlab chiqilgan hamda qiymat zanjiri bosqichlarida yakuniy narxning shakllanishi bo‘yicha xarajatlar ulushi asoslangan; 
meva-sabzavotlar yalpi hosili ishlab chiqarish hajmiga er maydonlari, meva-sabzavotlar eksporti, qayta ishlash va sovuqxona bilan ta’minlanganlik darajasi kabi omillarning (multiple regression) ta’sir darajalari  baholangan;
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimida qo‘shilgan qiymatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan;
meva-sabzavotchilik qiymat zanjirining institusional (Value Chain Institutional Mapping) xaritasi ishlab chiqilgan, mahsulotlarni etishtirish va eksporti hajmini oshirishni davlat xususiy sheriklik, sertifikatlash tizimini takomillashtirish, axborot ta’minotini yaratish, mahsulotlarni tayyorlash va eksportini moliyalashtirish kabi instrumentlar orqali rag‘batlantirish yo‘nalishlari taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
meva-sabzavotchilikda qo‘shilgan qiymat zanjiri modelini ishlab chiqish hamda qiymat zanjiri bosqichlarida yakuniy narxning shakllanishida xarajatlar ulushini aniqlash bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 dekabrdagi 05/032-4487-son ma’lumotnomasi). Natijada, sifatli xom ashyo va xizmatlar bilan ta’minlanish zanjirning mahsulot etishtirish bosqichida 15%, sovitish bosqichida 10%, qayta ishlash va eksport bosqichlarida 20% hamda chakana savdo bosqichida 25 foizga oshirish imkonini bergan;
meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirishda turli omillarning ta’sir darajasini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19-dekabrdagi 05/032-4487-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta ishlash va sovuqxona bilan ta’minlanganlik darajasining bir birlikka oshishi yalpi hosilni mos ravishda 1368,4 va 2673,8 birlikka oshirish imkonini bergan;
meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimida qo‘shilgan qiymatni shakllanishi hamda mahsulot etishtirishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19-dekabrdagi 05/032-4487-son ma’lumotnomasi). Natijada, meva-sabzavot mahsulotlarini chakana savdo bosqichida kartoshka mahsulotiga qo‘shilgan qiymat ulushi – 19,7%, piyoz – 23,6% tashkil etganligi asoslangan hamda 2030 yilga borib yalpi hosil miqdorining 19279,2 ming tonnaga etishi prognoz qilingan;
meva-sabzavotchilik qiymat zanjirining institusional xaritasini ishlab chiqish, mahsulotlarni etishtirish va eksport hajmini oshirishni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19-dekabrdagi 05/032-4487-son ma’lumotnomasi). Natijada, koopera-tivga a’zo bo‘lish kichik ishlab chiqaruvchilarga mahsulot etishtirish xarajatlarini 30%, saqlashni 70%, transportni 80%, eksportni 90% va maslahat xizmatlari xarajatlarini 60 foizga qisqartirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish