Razzakov Sobirjon Juraevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mustahkamligi kichik materiallardan tiklangan xususiy turarjoy uylarining konstruksiyaviy va seysmik xavfsizligini baholash», 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T8.

Ilmiy maslahatchi: [Ro‘ziev Qodirjon Ismoilovich], texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.

Rasmiy opponentlar: Abdurashidov Kobil Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Xodjaev Abbos Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Shhipacheva Elena Vladimirovna, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Qishloqqurilishloyiha» MChJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mustahkamligi kichik materiallardan tiklangan xususiy turarjoy uylar konstruksiyaviy va seysmik xavfsizligini baholash va oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

konstruksiyaviy va seysmik xavfsizligini ta’minlash maqsadida mustahkamligi kichik materiallardan tiklangan turarjoy uylarning hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan;

terim materialining fizik-mexanik va deformativ xarakteristikalarini aniqlashda eksperimental-nazariy yondashuvi ishlab chiqilgan;

“Sinch” turdagi uylar yog‘och karkasi egiluvchi elementlaridagi kuchlanishga bo‘ylama kuchning ta’siri asoslangan;

bo‘ylama kuchdan asosiy eguvchi momentni kamayishini e’tiborga olgan holda “Sinch” turdagi uylarning egiluvchi yog‘och karkas elementlaridagi normal kuchlanishni hisoblash takomillashtirilgan;

“Sinch” turidagi uylar yog‘och karkasi elementlarida yog‘och tolalari bo‘ylab plastik deformatsiyaning rivojlanish xarakterini yuklanish darajasi va yuklash sikllar soniga bog‘liqligi asoslangan;

seysmik ta’sirni beruvchi kuch berish qurilmasi-yo‘naltirilgan harakatli vibrostend yordamida mustahkamligi kichik materiallardan tiklangan uylar xususiy tebranishlari dinamik xarakteristikalarini aniqlashga eksperimental yondashuv ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mustahkamligi kichik materiallardan tiklangan xususiy turarjoy uylarining konstruksiyaviy va seysmik xavfsizligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

seysmik ta’sirga hisoblashning soddalashtirilgan muhandislik uslubiyati, devori kuchaytirilgan uylarning dinamik xarakteristikalari, o‘q bo‘yicha kuch va egilish sharoitidagi yog‘och elementlar hisobi, mustahkamligi kichik materiallardan tiklanadigan yakka tartibdagi turarjoy uylarini kuchaytirish va loyihalash bo‘yicha ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Namangan va Andijon viloyatlari bosh boshqarmalari tasarrufidagi hududiy tizim tashkilotlariga joriy qilingan (Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2016 yil 2 noyabrdagi 6990/15-03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarini qo‘llash jarayonida mehnat sarfini    30% ga kamaytirishga erishilgan;

ishlab chiqilgan hisoblash usuli va kuchlanganlik-deforsiyalanuvchanlik holatini baholash kompleks dasturlari va terim materialini fizik-mexanik xarakteristikalarini aniqlashga eksperimental`-nazariy yondashuv uslubiyati ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Andijon va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari davlat ekspertizasi, arxitektura va qurilish nazorati tashkilotlariga joriy qilingan (Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2016 yil 2 noyabrdagi 6990/15-03-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari qurilish nazorati va loyihalarni tekshirish ishlariga sarflanadigan vaqtni 1,3 martaga qisqartirib, ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish imkonini bergan.

dissertatsiya tadqiqotida olingan tebranishni bir xil chastotada ushlab turuvchi va sozlash imkoniyati bo‘lgan vibrostend, A-3-122–«Xomashyoni tabiiy xususiyatlariga ta’sir qilmasdan mayda iflosliklardan tozalaydigan qurilmani yaratish» grant loyihasida (2014–2015) tebranma to‘rli yuza yordamida tozalash imkonini beradigan qurilmani yaratishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 28 oktyabrdagi FTK-02-13/725-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarining qurilmada qo‘llanilishi to‘rli yuzalarni ustuvor ishlashini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish