Ibragimov Ulug‘bek Muradilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida modellashtirish dasturlaridan foydalanib umumkasbiy fanlari axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1044
Ilmiy rahbar: Olimov Qahramon Tanzilovich – pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni modellashtirish dasturlaridan foydalanib o‘qitishning axborot-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida axborot ta’lim muhitining kompleksivlik, ko‘rgazmalilik va ob’ektivlik tamoyillari asosida umumkasbiy fanlar mazmunini modellashtirish dasturlari bilan integratsiyalash orqali muhandislik ta’limining imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlari kengaytirilgan;
umumkasbiy fanlardan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini tashkil etishda kasbiy muammolarga amaliy echim topishga qaratilgan dasturiy vositalar asosida grafik hisoblashlarni modellashtirish orqali talabalarning texnologik jarayonlarni loyihalash va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
sinergetik va faoliyatli yondashuvlar asosida umumkasbiy fanlardan mustaqil ta’lim olishning axborot-metodik ta’minotini (ijtimoiy video kanal, topshiriqlar tizimi platformasi va messenjer botlar) ishlab chiqish orqali muhandislik ta’limining loyihaviy, tashkiliy va natijaviy komponentlarining mazmuni (katta hajmdagi texnik ma’lumotlarga ishlov berish va tizimlashtirish) takomillashtirilgan;
kibernetik qonuniyatlar va axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan JSON (Java Script Object Notation) formatidan umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanish orqali talabalarning o‘zlashtirish natijalarini baholash tizimi (OTM-Moodle-Messenjer bot-Buyurtmachi) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida modellashtirish dasturlaridan foydalanib umumkasbiy fanlarning axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni o‘qitishda modellashtirish dasturlaridan foydalanishning imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlariga oid takliflardan 5321700 – Texnologik jarayonlarni boshqarishninig axborot-kommunikatsiya tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 08 yanvardagi 89-03-100-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar oliy ta’limda bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi;
umumkasbiy fanlardan mustaqil ta’lim olishning axborot-metodik ta’minoti (ijtimoiy video kanal, topshiriqlar tizimi platformasi va messenjer botlar) ishlab chiqilgan va Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv jarayoni amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 08-yanvardagi 89-03-100-son ma’lumotnomasi). Mazkur axborot-metodik ta’minot bo‘lajak muhandislarning modellashtirish dasturlaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi;
talabalarning texnologik jarayonlarni loyihalash va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasiga oid metodik tavsiyalar AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2019-2021 yy) mavzusidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 sentabrdagi 89-03-3554-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik tavsiyalar muhandislik ta’limi jarayonida talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilish va o‘tkazishga xizmat qiladi;
texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasasalari bo‘lajak muhandislarning umumkasbiy fanlardan o‘zlashtirish natijalarini baholash tizimini qamrab oluvchi JSON (Java Script Object Notation) formatidan foydalanishga oid takliflar “Dasturlash tillari bazasida texnik ilovalar” nomli darslik, “Muhandislikda modellashtirish dasturlari (CAD/CAM/CAE)” bo‘yicha mul`timediali elektron o‘quv qo‘llanma va “Dasturlash tillari bazasida texnik ilovalar” fanidan elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 08 yanvardagi 89-03-100-son ma’lumotnomasi). Mazkur axborot-didaktik materiallar bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va kasbiy tayyorgarlik darajalarini ob’ektiv baholashga xizmat qiladi.