Ibragimov Suxrob Latifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini matematik modellashtirish asosida takomillashtirish” (Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1864
Ilmiy rahbar: Tursunov Sobir Turdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Narmuratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini matematik modellashtirish asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarni texnologik jarayonlarni loyihalash, formallashtirish va matematik modellashtirishga oid zaruriy kompetensiyalarini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti matematik informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiq qilish natijasida mazmunan optimallashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik modeli komponentlari (tashkiliy-mazmuniy, jarayoniy, tashxislash) izchillik, kasbga yo‘nalganlik kabi modellashtirish tamoyillari hamda tizimli, faoliyatli, matematik va strategik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan; 
loyihaviy-konstruktorlik kasbiy faoliyatiga tayyorlashda loyihalash, tadqiqotchilik kabi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi vizual dasturlash tillarining (C++, Python) innovatsion muhitida hamda intellektual tizimlarda nostandart jihozlarni algoritmlash, sintezlash, modellashtirish va raqamli dasturlash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak muhandislarni mutaxassislikka xos sifatlarini va zaruriy kompetensiyalarini baholash vositalarini faoliyatli yondashuv asosida ishlab chiqish orqali matematik va texnik bilimlar uzviyligida kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash mexanizmlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini matematik modellashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
loyihaviy-konstruktorlik kasbiy faoliyatiga tayyorlashda loyihalash, tadqiqotchilik kabi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda vizual dasturlash tillarining (C++, Python) innovatsion muhitida hamda intellektual tizimlarda nostandart jihozlarni algoritmlash, sintezlash, modellashtirish va raqamli dasturlash usullarini qo‘llashga doir ishlanmalaridan Erasmus+ “SPACECOM: Kosmik aloqa va tizimlar injiniringgi bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari” (2019-2022) mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 19-03-4487-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kasbiy faoliyatiga tayyorlashda sifati oshirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni matematik modellashtirish asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish, ularning zaruriy kompetensiyalarini shakllantirishga doir takliflar “Chiziqli algebra va matematik modellashtirish” (№648-007 raqamli guvohnoma) o‘quv qo‘llanma mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 19-03-4487-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish bo‘yicha talabalarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarni texnologik jarayonlarni loyihalash, formallashtirish va matematik modellashtirishga oid zaruriy kompetensiyalarini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minoti (“Oliy matematika fanining chiziqli algebra, vektorlar algebrasi, analitik geometriya bo‘limlarini mustaqil o‘qitish” dasturiy mahsulot, Tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish fani bo‘yicha  o‘quv materiallari) ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 19-03-4487-son ma’lumotnomasi). Mazkur axborot-didaktik ta’minot bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish