Boltaev A’zam Homidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning 20 – 80-yillari Buxoroda tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanishi va rivojlanishi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi va 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.1.PhD/Tar200.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Ilmiy rahbar: To‘raev Halim Hojievich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoroda tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanish va rivojlanish xususiyatlari hamda shaxsiy to‘planmalardagi noyob ashyolar, kartografik, topografik va etnografik ashyolarning bugungacha echimini topmagan masalalarni tadqiq etishdagi ahamiyatini ochi berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro muzeyi tomonidan tashkil qilingan ilmiy tadqiqot safarlari va ko‘rgazmalar hamda maktab bilan hamkorlik ishlari (o‘lkashunoslik xonalari, to‘garaklari va burchaklarining tashkil etilishi) tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanishiga va soha rivojiga asos bo‘lganligi ochib berilgan;
M.Y.Saidjonov va I.I.Umnyakovlarning tadqiqotlari Buxoro shahrining o‘rta asrlar topografiyasida mavhum bo‘lib turgan shahristonning joylashgan hududi, chegaralari, shaharsozlikdagi o‘rni kabi masalalarga oydinlik kiritganligi dalillangan;
T.F.Gelax va S.N.Yurenevlarning hukumatga qilgan tinimsiz murojaatlari, ilmiy-hujjatli dalillari va shaxsiy jonbozliklari tufayli Buxoro shahri mudofaa devorining g‘arbiy qismi, “Muxammad Sharif masjidi” va “Chuqur madrasa” singari yodgorliklar hamda Buxoro atrofidagi tarixiy tepaliklar saqlab qolinganligi asoslab berilgan; 
mahalliy o‘lkashunoslar to‘planmasidagi noyob fotosuratlar va kartografik chizmalar orqali bugungi kungacha saqlanib qolmagan Buxorodagi ayrim me’moriy yodgorliklar (Toqi Tirgaron, Toqi Ordfuro‘shon, Shodimbiy, Bozori gusfand, Usta Ruhi madrasalari va b.)ning joylashgan o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 20 – 80-yillari Buxoroda tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanishi va rivojlanishi mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflari asosida:
Mahalliy o‘lkashunoslar to‘planmasidagi noyob fotosuratlar va kartografik chizmalar orqali bugungi kungacha saqlanib qolmagan Buxorodagi ayrim me’moriy yodgorliklarning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi tadqiqot ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Buxoro merosi” ilmiy tadqiqot markazida bajarilgan 35-06-15 raqamli “Buxoro viloyatida yoshlarning madaniy meros sohasidagi bilimlarini oshirish”(2015-2016 yy.) mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (“Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2017 yil 3 yanvardagi 30-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar yoshlarning madaniy meros sohasidagi bilimlarini oshirish hamda yosh tadqiqotchilar ilmiy faoliyatini yanada jadallashtirishga asos bo‘lgan;
Buxoro muzeyi tomonidan tashkil qilingan ilmiy tadqiqot safarlari va ko‘rgazmalar hamda maktab bilan hamkorlik ishlari tarixiy o‘lkashunoslikning shakllanishiga va soha rivojiga asos bo‘lganligi to‘g‘isidagi ma’lumotlardan muzey ko‘rgazmasini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 01-12-10-153-son ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanish natijalarining qo‘llanilishi nafaqat muzey hujjatlar jamlanmasini to‘ldirishda, keng jamoatchilikning hamda tashrif buyuruvchi sayyohlarning o‘lkamiz tarixiga bo‘lgan e’tiborini yanada ortishiga xizmat qilgan; 
M.Y.Saidjonov, S.N.Yurenev va T.F.Gelax kabi o‘lkashunoslarning boy ilmiy merosi: kundalik, hisobot, arxiv hujjati hamda to‘planmalariga oid ma’lumotlardan Buxoro viloyat televideniesining “Asrlarning asraganlari”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Menga so‘z bering”, “Assalom, Buxoro”, “Munosabat” kabi teleko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 27 martdagi 1/166-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammal va ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, shuningdek, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga hamda yangi manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish