Nurmatova Go‘zal Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «AntConc va GraphColl dasturiy qurilmalarida muhandislik terminlarining korpusda lingvostatistik tadqiq muammolari», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil312
Ilmiy rahbar: Ravshanov Mahmud, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muhammad Ho‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korpusda zamonaviy muhandislik terminlarini va ularning xususiyatlarini namoyon etishda maxsus dasturiy qurilmalarda linvostatistik tahlillar yordamida avtomatlashtirilgan statistik-intellektual modelini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
UzEEE nomli ingliz tilidagi asosiy muhandislik terminlarni qamrab oluvchi ixtisoslashtirilgan korpus (specialized corpus) AntCorGen kompyuter dasturi yordamida shakllantirilgan va uni amalda qo‘llash mexanizmi ilmiy-nazariy dalillar asosida isbotangan;
Sketch Engine, AntCorGen va AntConc, #LancsBox (GraphColl) dasturiy qurilmalarining ishlash mexanizmlari asosida muhandislik terminologik birikmalar va terminologik kolloksiyalarni korpusda bog‘lanish xususiyatlarini ochib berishda maxsus MI, Log likelihood, Dice, Delta P statistik o‘lchovlari aniqlangan;
shakllantirilgan korpusning har bir domenida AntConc va GraphColl dasturiy qurilmalarining statistik o‘lchovlari yordamida muhandislik termin, terminologik birikma, terminologik kollokatsiyalarni namoyon etuvchi navigatsion lingvistik signallar hamda ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlaydigan oltita ishlab chiqilgan navigator shablonlar asosida dalillangan;
terminologik birikmalar va terminologik kollokatsiyalar korpus lingvistikasida kvantitativ hamda kvalifikativ usullar to‘liq avtomatlashtirilgan modelining yaratilishiga asos bo‘ladigan imkoniyatlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhandislik terminlarining korpusdagi lingvostatistik tadqiqi asosida:
UzEEE nomli ingliz tilidagi asosiy muhandislik terminlarni qamrab oluvchi ixtisoslashtirilgan korpus (specialized corpus) AntCorGen kompyuter dasturi yordamida shakllantirilgan va uni amalda qo‘llash mexanizmiga oid xulosalardan “Kon sanoatida eng ko‘p qo‘llaniladigan inglizcha-o‘zbekcha-ruscha, o‘zbekcha-ruscha-inglizcha va ruscha-o‘zbekcha-inglizcha terminlar lug‘ati”ni tuzishda foydalailgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 002432-son guvohnomasi). Natijada injenerlik terminologiyasi va terminografiyasining kon-geologiya sohasida foydalanish asoslari mukammallashgan;
terminologik birikmalar va terminologik kollokatsiyalar korpus lingvistikasida kvantitativ hamda kvalifikativ usullar to‘liq avtomatlashtirilgan modelining yaratilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Navoiy” telekanalining muhandislik terminlarining o‘zbek tilida ishlatilishi borasida fikrlar sharhi “Davlat tili – millat g‘ururi” hamda “A.Navoiy merosi” ko‘rsatuvlarida Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi 2020 yil 10 noyabrdagi 01-02/116-son ma’lumotnomasi) foydalanilan. Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilib, ilmiy dalillar bilan ta’minlangan;
shakllantirilgan korpusning har bir domenida AntConc va GraphColl dasturiy qurilmalarining statistik o‘lchovlari yordamida muhandislik termin, terminologik birikma, terminologik kollokatsiyalarni namoyon etuvchi navigatsion lingvistik signallar hamda ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlaydigan oltita ishlab chiqilgan navigator shablonlarga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi “Do‘stlik” ordenli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining O‘quv markazida muhandis va ishlab chiqarish soha mutaxassislariga sohaviy ingliz tilini o‘rgatishda dasturiy qurilmalari yordamida dastur va o‘quv materiallari tuzishda foydalanilgan (NKMK 2020 yil 14 dekabr` 2907/213-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus dasturlar yordamida tanlangan mavzular, materiallar, sohaga doir leksika va terminlar NKMK o‘rganuvchilari tomonidan samarali o‘zlashtirilgan;
Sketch Engine, AntCorGen va AntConc, #LancsBox (GraphColl) dasturiy qurilmalarining ishlash mexanizmlari asosida muhandislik terminologik birikmalar va terminologik kolloksiyalarni korpusda bog‘lanish xususiyatlarini ochib berishda maxsus MI, Log likelihood, Dice, Delta P statistik o‘lchovlariga oid xulosalardan Navoiy davlat konchilik institutida yaratilgan “Semiotika va til birliklari xususiyatlari” nomli monografiyada korpus lingvistikasi, sun’iy tillarning funksional holatlarini tavsiflashda, tatbiqiy va kompyuter lingvistikalari, fan yo‘nalishlarida, shuningdek, axborot sun’iy tillar shakllanish xususiyatlariga oid manbalarning yoritilishida foydalanilgan (Navoiy davlat konchilik institutining 2020 yil 10 noyabrdagi 1-04/2455-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiyadagi tavsifiy materiallar ishlab chiqarilgan hamda ta’lim tizimida ularning amaliy ahamiyati chuqurlashtirilgan.