Murodulla Mirzaevning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida liberalizm g‘oyalarining rivojlanish tendensiyalari», 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fal85
Ilmiy maslahatchi: Paxrutdinov Shukriddin Il`yasovich - ciyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Soifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin, falsafa fanlari doktori; Musaev Odil, falsafa fanlari doktori, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari rivojlanish jarayonida liberalizm g‘oyalarining ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili sifatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
liberalizm rivojlanishining klassik va zamonaviy davri falsafiy talqini negizida liberal g‘oyalarni tavsiflashga asos bo‘lgan suveren individ haqidagi insonparvar tasavvur, g‘oya va qarashlar majmui shakllantirilib, liberalizm asosiy funksiyalarining genezisi ochib berilgan berilgan;
klassik liberalizm va uning zamonaviy transformatsiyasi uzviyligi hamda tizimlilik xususiyatlari, shuningdek, uni amalga oshirish istiqbollari va liberalizmning mazmunini tasavvur qilishga imkon beradigan progressiv mohiyati ochib berilgan;
siyosiy islohotlar strategiyasi sifatida mazkur mafkuraga nisbatan tegishli institutlarni ilmiy asosda tashkil etish, uning asosiy tamoyillarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etib borish, siyosiy ongni o‘zgartirish orqali fundamental munosabat zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida liberal g‘oyalarga tayanib faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari, ayniqsa, ommaviy axborot vositalari to‘liq erkinligini ta’minlaydigan (huquqiy, siyosiy, ijtimoiy jihatdan demokratik andazalarga mos keladigan) tizim yaratish - ijtimoiy zaruriyat ekanligi asoslangan;
aholi siyosiy ongidagi pozitiv o‘zgarishlar, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanganligi va siyosiy tuzumning liberallashganlik darajasi, shuningdek, asosiy siyosiy institutlar faoliyati shart-sharoitlarining liberallashganlik natijalari bilan baholanadigan siyosiy islohotlarni amalga oshirishda liberal tamoyillarga qat’iy rioya qilishning natijadorligi tizimli asosda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida liberalizm g‘oyalarining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda erkinlik, xususiy mulk, individualizm, siyosiy plyuralizm, bag‘rikenglik kabi demokratiya tamoyillarini qadriyat darajasiga ko‘tarish va davlat boshqaruvida legallik, legitimlik, shaffoflikka yo‘naltirilgan faoliyatni shakllantirish - liberalizm g‘oyasining asosi ekanligiga oid xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatini tashkil qilishga oid hujjat-larni ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2020 yil 9 iyuldagi 01-27-1333-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya faoliyatini tizimli tashkil etish, tadbirkorlar va ishbilarmonlarning konstruktiv raqobatida liberal g‘oyalardan foydalanishga xizmat qilgan;
liberallashuv g‘oyalari davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikka erishishning (davlat va NNT, davlat va siyosiy partiya, davlat va fuqaro) qonuniy, huquqiy omili va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning me’yori sifatida amal qilishiga oid tavsiyalardan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning inson huquqlari himoyasini ta’minlashga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2020 yil 7 iyuldagi 01-07/211-son ma’lumotnomasi). Natijada Ombudsman faoliyatida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning huquqlarini himoyalashda ijtimoiy adolat mezoniga rioya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyatni modernizatsiyalash konseptual asoslarini, evolyusiyasini asoslash va tadrijiy takomillashuv mexanizmlari asosida klassik liberalizm va uning zamonaviy o‘zgarishlariga xos tizimli xususiyatlari va davomiyligi, shuningdek, uni amalga oshirish istiqbollari va progressiv mohiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, unda tizimlilik va uzviylikni ta’minlash zarurligiga oid xulosalardan O‘zbekiston «Adolat» SDP aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, intellektual salohiyatini oshirish, yoshlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha ilmiylik mezonlari asosida yo‘l xaritasini tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashining 2020 yil 9 iyuldagi 01-01/147-son ma’lumotnomasi). Natijada «Adolat» partiyasining aholi ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularning liberal g‘oyalarning erkin faoliyat yuritish omili sifatidagi konstruktiv ahamiyatini tushunishiga xizmat qilgan;
milliy mafkuraning liberal tomonlarini rivojlantirish samaradorligi ko‘rsatkichi ma’naviy hayotni erkinlashtirish jarayonining natijadorligiga bog‘liq. Birinchidan, bu ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlarga, xususan, ommaviy siyosiy ong liberallashuvishga taalluqli. Ommaviy siyosiy ongni liberallashtirish deganda aholi o‘rtasida liberal xususiyatga ega ma’naviyat, qadriyat va qarashlarning keng tarqalishi tushuniladi. O‘tish davrida mamlakatni strategik rivojlantirish g‘oyalarini umumlashtirish, plyuralistik nuqtai nazar va tamoyillarni, muayyan jamiyat uchun maqbul bo‘lgan iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini rivojlantirish yo‘llari va mezonlarini ma’naviy taraqqiyot manfaatiga javob beradigan siyosiy iroda va mafkuraviy yakdillik qaror toptirish, shuningdek, fuqarolar va jamiyat ma’naviy, siyosiy va ijtimoiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish xulosalari asosida dissertatsiyada berilgan taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturining III bobi: “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish”, IX bob 37-bandi: “Konstitusiya va qonun talablariga qat’iy rioya qilish - ma’naviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart” va “Insonning ma’naviy va madaniy saviyasi – uning qonunlarga og‘ishmay amal qilishida namoyon bo‘ladi” kabi mavzulardagi targ‘ibot tadbirlari rejasi va ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2020-yil 7 avgustdagi 02/011-674-son ma’lumotnomasi). Natijada uslubiy ko‘rsatmamalar mazmunini boyitishga, ulardan «Ma’naviyat va ma’rifat» kengashi tomonidan turli tashkilotlar, mahallalarda mafkuraga oid tashkil etiladigan davra suhbatlarini o‘tkazishga ko‘maklashgan;
yangilanayotgan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va siyosiy institutlar faoliyati liberallashuvini takomillashtirishga oid taklif va xulosalar O‘zbekiston NNT Milliy assotsiatsiyasi tuzilmalari faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 04-06/135-son ma’lumotnomasi). Natijada Assotsiyasiyaning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarishda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokini yanada kuchaytirishga yo‘nalgan faoliyatini tizimli tashkil etishda xizmat qilgan.