Kurbanov Muzaffar Abdumutalibovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus tillarida noverbal muloqotni ifodalovchi vositalar tadqiqi”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil155. 
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avaz Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori;  Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus tillarida noverbal muloqot vositalarining grammatik, uslubiy, pragmatik, etnopsixologik, lingvomadaniy xususiyatlarini chog‘ishtirish asosida aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muayyan til sohiblari o‘rtasida, shuningdek, millatlaro muloqotlar jarayonlarida, ayniqsa, masofaviy muloqotda verbal vositalarga nisbatan noverbal vositalarning ahamiyati kuchayib, zamonaviy ilm-fan va texnika taraqqiyotida qo‘llanish doirasining kengayib borayotgani o‘zbek, rus, ingliz, usmonli turk tili materiallari asosida ochib berilgan;    
verbal (VV) va noverbal vositalarning (NV) o‘zaro qo‘llanish tartibiga ko‘ra 3 ta: VV > NV, VV = NV va VV < NV qoliplarining yangi ko‘rinishlari aniqlangan; 
noverbal muloqotni ifodalovchi vositalarning kinesika, vokalika, tabiiy xususiyat, gaptika, proksemika, xronomika, okuleksika, artefakt, estetika, gastika, ol`faktika, sistemologiya, grafika, ekstralingvistika, mimika, tovush belgilari, pauza va lokomotsiya kabi 18 ta guruhi aniqlangan.
o‘zbek tilshunosligida ilk bor nutqda verbal vositalar orqali ifodalana olish xususiyatiga ko‘ra noverbal va paralingvistik vositalar tushunchalari ishlab chiqilgan;
madaniyat, san’at, kasb-kor, hunar, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan bog‘liq noverbal vositalarni kodlashtirish va dekodlashtirish yo‘li bilan ularni ham og‘zaki, ham yozma muloqotga ko‘chirish mumkinligi, ayrim vaziyatlarda nutqda noverbal vositalar tinglovchi uchun tushunarsiz, ikkilamchi yoki ko‘p ma’noli vazifalarni o‘tab berishining nazariy va amaliy ahamiyati ilk bor o‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus tillari kesimida chog‘ishtirish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus tillarida noverbal muloqotni ifodalovchi vositalarning chog‘ishtirma tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘rganilayotgan tillardagi noverbal muloqot, paralingvistik vositalar va madaniyatlararo muloqot kompetentligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari chet tili va madaniyatini o‘qitishda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, takomillashtirish va rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalaridan ERASMUS+ dasturining IQAT − "Enhancing capacities in implementation of institutional quality assurance systems and typology using bologna process principles" mavzusidagi 561685-EPP-1-2015-1-CZ-EPPKF2-CBHE-JP- raqamli xalqaro loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 89-03-3550-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida chet tili va madaniyatini o‘qitishda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda qo‘llaniladigan asosiy vositalar va usullar, ta’lim sifatini ta’minlashda o‘qitish metodologiyasi takomillashgan;
turkiy tillarning milliy noverbal vositalari va madaniyatlararo muloqot xususiyatlariga oid tadqiqot materiallaridan Italiyaning Piza universiteti Filologiya, adabiyot va lingvistika departamenti professorlari tomonidan Markaziy Osiyo tillari va madaniyatini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan talabalariga ma’ruza matnlari va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda hamda ERASMUS+ Key Action 1 International Credit Mobility xalqaro loyihasini amalga oshirish va belgilangan vazifalarni bajarishda keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 89-03-3550-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillarning milliy noverbal vositalari va madaniyatlararo muloqot xususiyatlariga oid qarashlar mukammallashgan;
muloqotimizga ingliz va rus tillaridan kirib kelgan imo-ishora harakatlari va semiotik belgilarning mazmun-mohiyati, noverbal muloqotda ifodalanishi va aholi o‘rtasida qo‘llanishida ma’naviy begonalashuvning yuzaga kelishi tavsifi va umumiy tendensiyalar tahlilidan OT-F-1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 89-03-3550-son ma’lumotnomasi). Natijada “Andijon viloyatida aholining ma’naviy begonalashuvidagi hududiy tafovutlar” xaritasi tayyorlangan;
noverbal (paralingvistik) vositalardan tasviriy san’at va milliy madaniyatni ifoda etishda foydalanish bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar, o‘qitish metodikasi va ijtimoiy-madaniy tipologiyasini ta’minlashga oid xulosalar, tajriba almashinuv natijalaridan  Milliy rassomlik va dizayn instituti San’at tarixi mutaxassisligi magistrlariga “Badiiy tahlil tamoyillari”, “Bosh kiyim va aksessuarlarni loyihalash”, “Audiovizual san’atda media va komunikatsiyalar”, “Grafik dizaynda semiotika o‘rni”, “Reklama – aloqa vositasi sifatida” fanlaridan qo‘llanma va ilmiy risolalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 01-17/477-1143-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy madaniyatni aks ettirishda noverbal vositalar va moddiy, medial materiallarning uyg‘unlashishiga doir tajribalar mukammallashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish