Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdullaeva Sadokat Shonazarovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ildiz mevalarni bir zumda bosimni tushurish usulida tozalash va maydalashda namsizlantirish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T5.

Ilmiy rahbar: Nurmuxamedov Xabibulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismail Babadjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Choriev Abdusattor Jo‘raevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Etakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xomashyoni chiqitga chiqarmasdan ildiz va tuganak mevalarni tozalash va tayyor pyure olishni ta’minlovchi bosimni bir zumda tushirish usuli (BBZTU) bilan xomashyoni tozalash va pyure olishning samarali jarayonlarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

BBZTUda xomashyo tozalash darajasi ko‘proq, uning dastlabki namligi U, o‘tkir bug‘ning ortiqcha nisbiy bosimi R/Ro ga bog‘liq, xomashyo ekvivalent diametri va ifloslanganligi esa tozalash jarayoni samaradorligiga ta’sir etmaydi, apparatning to‘ldirish koeffisientining esa deyarli ta’siri yo‘qligi aniqlangan;

o‘tkir bug‘ning nisbiy bosimi R/Ro–2,4 dan 4 gacha ortganda pyure tayyorlash jarayonining samaradorligi  ildiz mevaning turiga qarab 4–5 marta oshishi aniqlangan;

qayta ishlanayotgan ob’ektlarni tozalash va maydalashda bir vaqtni o‘zida namsizlantirish jarayoni ham borishi  aniqlangan;

parotermik jarayoniga nisbatan BBZTU bilan ildiz mevalarni tozalash jarayonida 7–20%  jadallashtirilgan;

BBZTU yordamida maydalash va pyure olishni  ildiz mevalarning ekvivalent diametriga bog‘liqligining samaradorlik chegarasi aniqlangan;

xomashyoni kam yo‘qotilishlar bilan samarador tozalash mexanizmini ochib beruvchi BBZTUda tozalash jarayonining fizik modeli yaratilgan;

ildiz mevalarni tozalash va ulardan pyure olishga mo‘ljallangan BBZT apparatlarini hisoblashning muhandislik metodikasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ildiz mevalarnibosimni bir zumda tushirish usulida tozalash va maydalashda namsizlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bosimni bir zumda tushirish usulida tozalash va maydalash uchun mo‘ljallangan apparat «Neft`-gaz va kimyo mashinasozligi zavodi» AJda joriy qilingan («Neft`-gaz va kimyo mashinasozligi zavodi» AJning 2016 yil 26 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ikkita jarayonni (tozalash va pyure olish) bitta apparatda olib borish imkonini beradi, bunda har xil aralashmalardan tozalash, yuvish va kalibrovka qilish jarayonlari qisqartiriladi va suvni tejashga erishiladi. BBZTUdagi jarayon va apparatni hisoblash muhandislik uslubi yaratilgan va «Neft`-gaz va kimyo mashinasozligi zavodi» AJga berilgan. Ushbu uslub BBZTUga asoslangan sanoat tozalash qurilmalarini hisoblash va yasash imkonini beradi;

«Aseptik usulda konservalangan sabzavot pyurelari» texnikaviy shartlar (Ts 20155874-01:2016), tashkilot standarti ishlab chiqilgan. Taklif etilgan texnologiya asosida ildiz mevalardan sanoat miqyosida kimyoviy tarkibini maksimal darajada saqlab qolgan holda pyure olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish