Akbarova Zuxro Akmaljonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olam lisoniy manzarasining shakllanishida kognitiv o‘ziga xoslik», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.DSc/Fil274
Ilmiy maslahatchi: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Majidova Ra’no Urishovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi olamning lisoniy manzarasi, lisoniy ong, olamning badiiy tasviri, lisoniy ongning psixolingvistik aspekti, konsept tushunchasi va olamni til vositasida modellashtirishning o‘zaro aloqadorligi hamda uzviyligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili misolida til tashuvchisining borliqqa, jamiyatga, insonga munosabatini ifodalovchi bilish, baholash, ifodalash kabi kognitiv-mental xususiyatlari aniqlangan;
lisoniy ong tushunchasining pragmatik va psixolingvistik talqinda olamni idrok etish va anglash jarayonini ifodalovchi kognitiv kategoriya ekanligi dunyoning badiiy tasviri, milliy-mentalital jihatlar, konseptning makon va zamon kabi turlari asosida ochib berilgan; 
olam lisoniy manzarasida namoyon bo‘luvchi lisoniy shaxsning lisoniy ongidagi kognitiv jarayonlar insonning inson tomonidan qabul qilinishi, o‘zini o‘zi teranroq anglashiga olib kelishi asoslangan;
o‘zbek tili sohiblari tafakkurida aks etgan badiiy matnlarda metaforalar olam lisoniy manzarasining asosiy kognitiv-pragmatik tasvir vositasi ekanligi, insonning fikrlash tarzi lisoniy modellashtirish bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ochib berilgan; 
til tashuvchisining kommunikativ kompetensiyasi darajasiga ko‘ra kuchli, o‘rtacha va kuchsiz til tashuvchisining introvert, ambivert, ekstravert turlari belgilanib, ularga xos intellektual rivojlanish, ma’naviy-amaliy faoliyat tajribasi kabi ijtimoiy, ekstraversion va introversion kognitiv-psixologik hamda fonetik, leksik, sintaktik lingvistik omillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olam lisoniy manzarasining shakllanishida kognitiv o‘ziga xoslikni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
lisoniy ong tushunchasining pragmatik va psixolingvistik talqinda olamni idrok etish va anglash jarayonini ifodalovchi kognitiv kategoriya ekanligi dunyoning badiiy tasviri, konseptning makon va zamon kabi turlariga oid nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan OT-F 1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-859-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan “Barkamol avlodni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning ilmiyligi ta’minlangan hamda mazmuni takomillashgan;
til tashuvchisining kommunikativ kompetensiyasi darajasiga ko‘ra, kuchli, o‘rta va zaif jihatlari va ularga xos ijtimoiy, kognitiv-psixologik, lingvistik omillarga oid xulosalardan 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-859-son ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida tayyorlangan “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning takomillashgan mexanizmi” nomli monografiyaning ilmiy apparati boyitilgan.
o‘zbek tili misolida til tashuvchisining borliqqa, jamiyatga, insonga munosabatini ifodalovchi kognitiv-mental xususiyatlariga oid nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalari va ilmiy xulosalaridan 574097-ERR-1-2016-1-CY-eppka2-CBHE-JP RUECVET: “Pilotirovanie professional`nogo obrazovanie i obuchenie Rossii i Uzbekistana” nomli Evroittifoq proekti asosidagi Erasmus+fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-859-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslari samaradorligi oshgan, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga erishilgan;
o‘zbek tili sohiblari tafakkuridagi OLM aks etgan badiiy matnlarda metaforalar olam lisoniy manzarasining asosiy kognitiv-pragmatik tasvir vositasi ekanligiga oid tavsiyalaridan A-I-97 raqamli “Ingliz, nemis va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusida amaliy ilmiy tadqiqot loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-859-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvokul`turologiya, lingvistik matn tahlili, madaniyatlararo aloqa kabi fanlardan darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ma’ruza matnlari, shuningdek, elektron manbalar, nazariy va amaliy materiallar sifati sezilarli darajada yaxshilangan;
olam lisoniy manzarasida namoyon bo‘luvchi lisoniy shaxs, OLMda insonning inson tomonidan qabul qilinishi, o‘zini o‘zi teranroq anglashiga olib kelishiga oid xulosalardan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan “PZ-20170926286. O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-859-son ma’lumotnomasi). Natijada olamni anglash va uni nutqda aks ettirishning ijtimoiy, psixologik jihatlarini o‘rganishda, til tashuvchilarining fikrlash tarzi hamda tilga ongli ravishda yondashuvidagi unikal jihatlari aniqlangan;
olamning o‘zbek tilidagi lingvistik tasvirlari orqali borliq, yaratilish, hayotiy maqsad, e’tiqod, urf-odat haqidagi tasavvurlarning boshqa tushunchalarga, olamning lisoniy manzarasini hosil qiluvchi lisoniy modellar asosini tashkil qiluvchi tayanch birliklarga bevosita ta’sir qilishiga oid tavsiyalar M.X.Hakimov, M.M.Gazievalarning “Pragmalingvistika asoslari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada mazkur darslikning “Tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, sistem-    struktur va antropotsentrik ilmiy paradigmalari”, “Pragmatikaning semiotik ildizlari” mavzularida va “Tilning konseptual verbal va semantik strukturasi” bobi ilmiy dalillar asosida boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish