Nazarov Sardor Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Y.V.Gyote “Faust” asarining turkiy tillardagi tarjimalarida tasviriy vositalarning ifodalanishi», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1235.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtor Ishonxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Y.V.Gyote «Faust» asarining turkiy tillariga tarjimalarini qiyosiy hamda chog‘ishtirma tahlil qilish orqali ularning asliyatga muqobillik darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Y.V.Gyote «Faust» asarining turkiy tillarida tarjima qilish asosida yotadigan tarjimaning asosiy tamoyillari bo‘lgan shakl va mazmun munosabati, tarjimada asl matnga xos bo‘lgan qism va butun o‘rtasidagi munosabatlarni saqlab qolish zarurligi isbotlangan;
poetik tasviriy vositalar tarjimada so‘zma-so‘z berish, tasviriy vositalarni muqobili orqali berish, muayyan tasviriy vositani tarjimada tushirib qoldirish kabi uch usul orqali shakllanishi dalillangan;
«Faust» asarining turkiy tillardagi tarjimalari milliy-madaniy xususiyatga ega so‘z va iboralarning nemischa-o‘zbekcha izohlari tarjima hamda tarjimashunoslik lug‘atlarini boyitishi acoslangan;
muayyan badiiy asarning nemis va turkiy tillaridagi matnlarida mavjud bo‘lgan poetik tasviriy vositalar qiyoslanib tarjimon mahorati aniqlangan va tasviriy vositalarning tildan tilga berilishi bilan bog‘liq muammolar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘ptillilik vaziyatida tasviriy vositalar tarjimasining struktur-semantik, funksional va lingvokul`turologik jihatlari tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
“Faust” asari turkiy tillardagi tarjimalari o‘zining ilmiy aniqligi, ijtimoiy-intellektual va muayyan badiiylik jihatidan asliyatga ekvivalent bo‘la olishiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universitetida 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan (O‘UM) foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari» nomli grant doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 89-03-2939-son ma’lumotnomasi). Natijada tasviriy vositalarning ona tilidan chet tilga, chet tildan ona tiliga tarjimalarni amalga oshirish masalasining nazariy talqini mukammallashgan;
tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayoni natijalari asosida tasviriy vositalar badiiy tarjimada qayta ifodalanishining hozirgacha mavjud nazariy va amaliy tajribalari umumlashtirilib, bu borada amal qilinishi lozim bo‘lgan muayyan taklif va tavsiyalar hamda g‘oyalardan Toshkent davlat agrar universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan «Markaziy Osiyoda kasbiy ta’limni rivojlantirish» nomli grant doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-1970 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot materiallari zamonaviy tarjimashunoslikning dolzarb muammolari va tahlil metodlarini batafsilroq o‘rganishga zamin yaratgan;
Y.V.Gyotening «Faust» asari poetikasini o‘zbek tillarda tilida qayta yaratish va asardagi tasviriy vositalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish usullariga oid natijalari 2015-2016 yillarda Germaniyaning Frayburg pedagogika universiteti, Olma-Ota nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Ozarbayjon chet tillar universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogik universitetlari o‘zaro loyihasi asosida o‘tkazilgan “DaF in den Ländern Zentralasiens und des Kaukasus” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarlarni tayyorlashda foydalanilgan (Germaniyaning Frayburg pedagogika universitetining 2016 yil 04 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi anjuman kun tartibidan joy olgan tarjimashunoslikning ustuvor tendensiyalari, yo‘nalishlari va rivojlanish tamoyillariga oid masalalarni hal etishda zaruriy material bo‘lganligidan dalolat beradi. Natijada «Faust» asari o‘zbekcha tarjimalari o‘zbek-nemis adabiy aloqalarini mustahkamlanishi va yanada taraqqiy etib borishiga xizmat qilgan;
muayyan badiiy asarning nemis va turkiy tillaridagi matnlarida mavjud bo‘lgan poetik tasviriy vositalar qiyoslanib tarjimon mahorati yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Jahon adabiyoti» eshittirishining 2019 yil 22 sentyabr`, «FM Meridian» eshittirishining 2019 yil 8 oktyabr` kunlaridagi sonida tadqiqotga tortilgan dunyo adabiyoti asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalari tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 03-09-1355-soni ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilidan o‘zbek tiliga bevosita va bilvosita tarjimalarni baholash, tushunish va qaysi yo‘nalishga mansub ekanini aniqlash masalalari soddalashgan;
Y.V.Gyotening «Faust» asari tarjimalariga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK tomonidan tayyorlangan «Assalom, O‘zbekiston!», «Tilga e’tibor – millatga e’tibor» adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 25 dekabrdagi 02-40-2726-soni ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi ta’minlangan.