To‘raev Zokirjonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida mikroelementli oddiy fosforli va murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T336.
Ilmiy maslahatchi: Shamshidinov Israiljan Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida mikroelementli oddiy fosforli va murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sul`fat kislota eritmalari, termik va ekstraksion fosfat kislotalari hamda nitrofosfat eritmalari bilan ishlatilgan sanoat katalizatorlari (NTK-4, GIAP-10, rux atsetatli), rangli metallurgiya oraliq mahsulotlari (misli chang, rux bug‘lanmasi)  va chiqindilaridan mikroelementlarni ajratib olish jarayonlarining eng maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor turli usullar bilan mis, rux, kobal`t, nikel` va marganes fosfatlarining termodinamik tavsiflari hisoblab chiqilgan va ular sul`fat tuzlarining ammofos hamda qo‘shaloq superfosfat tarkibiy qismlari bilan o‘zaro ta’sirlashishidan mikroelementlar digidro- va gidrofosfatlarining hosil bo‘lishi mumkinligi aniqlangan;
fosfat kislotali va nitrofosfat eritmalaridagi mikroelementlar holatlariga ammoniylash darajasi (rN)ning ta’siri aniqlangan, rN muhitiga bog‘liq holda mikroelementlarning Me(HPO4)2, MeHPO4 va [Me(NH3)(H2O)]HPO4 tarzida mavjud bo‘lishi isbotlangan;
mikroelementlarning sul`fatli tuzlari nitroammofos tarkibiy qismlari bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida MeSO4·(NH4)2SO4·6H2O, Zn3(PO4)2·4H2O, CuNH4PO4·H2O, ZnNH4PO4·H2O birikmalarini hosil qilishi asoslangan;
ilk bor tarkibida mikroelementlar bo‘lgan  fosfat kislotasini, nitrat va fosfat kislotalari aralashmasini ammoniylash jarayonida hosil bo‘ladigan Me(NH3)HPO4 i [Me(NH3)(H2O)]HPO4 umumiy formulali mikroelementli birikmalar amingidrofosfatlar va monoakvaamingidrofosfatlar qorishmasining tuzilishi aniqlangan, ularning hosil bo‘lishi infraqizil va diffuzion nurlanishning elektron spektrlari asosida isbotlangan;
ilk bor mis sul`fatning fosfat kislotali eritmalaridan yangi CuSO4·CuHPO4·2H2O birikmasi ajratib olingan va fizik-kimyoviy usullar yordamida uning mavjudligi aniqlangan;
ilk bor Zn(CH3COO)2-NH4NO3-H2O sistemasini o‘rganilganda Zn(CH3COO)2·NH4NO3 tarkibli yangi birikma hosil bo‘ladi, u ajratib olingan va fizik-kimyoviy tadqiqot usullari bilan aniqlangan;
suvli eritmalarda mikroelementlar sul`fatli tuzlarining monokal`siyfosfat bilan o‘zaro ta’siri monokal`siyfosfatning gidrolizlanishi va kal`siy sul`fatning digidrati hamda mikroelementli  gidrofosfatlarning hosil bo‘lishi bilan birga kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida mikroelementli oddiy fosforli va murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab azot-fosforli o‘g‘it olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05912, 2019 y.). Natijada, EFK va ammoniy nitrat bilan faollangan EFKni  karbonatli xomashyolar bilan neytrallash, suspenziyani bug‘latish, donadorlash va quritish orqali konsentratsiyalangan kal`siy va magniyfosfatli o‘g‘itlar olish imkonini bergan; 
ishlatilgan sanoat katalizatorlaridan, rangli metallurgiya sanoat  ishlab chiqarishining oraliq mahsulotlaridan va chiqindilaridan mikroelementlarni ajratib olish va tarkibida mikroelementlar bo‘lgan azot-fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi “Qo’qon superfosfat zavodi” AJning «2021-2030 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati» ga kiritilgan (O‘zkimyosanoat AJning 2020 yil 28 dekabrdagi 14-6031-son ma’lumotnomasi.) Natijada, paxta o‘simligini hosildorligini 2-3 sentnerga oshirish imkonini beradi;
mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasiga oid ma’lumotlar va xulosalar bakalavr va magistrlari uchun “Murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Nashr ruxsatnomasi, 13.03.2013 y., №82-089). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanmasi mikroelementli mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi sohasida talabalar bilimlarini boyitishga va mustahkamlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish