Usmonov Burxonjon Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giyohvandlik fonidagi temir tanqisligi kamqonligining epidemiologiyasi, xatar omillari klinik namoyon bo‘lishi va profilaktikasining o‘ziga xos jihatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1465.
Ilmiy rahbar: Mamasaliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abdukaxxor Vaxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xujamberdiev Muxammadzoir Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: giyohvandlik fonida temir tanqisligi kamqonligini davolash natijalarini erta tashxislashning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini va samarali profilaktika tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining giyohvandlashayotgan populyasiyasida epidemiologik, hulq-atvor jihatlariga, ovqatlanish holatiga, antropometrik va laborator ma’lumotlariga va xamrox kasallik bilan o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra temir tanqisligi holatlari rivojlanishining patogenetik xususiyatlari aniqlangan;
giyohvandlik fonida temir tanqisligi holatlari va temir tanqisligi kamqonligi rivojlanishi asosiy xavf omillarining (hulq-atvor – 71,7%, alimentar – 33,7%, bioximik nolipid – 23,4%) qiymatlari aniqlangan;
xavf omillarining prognostik ahamiyatini aniqlash orqali temir tanqisligi holatlari shakllanishining epidemiologik modeli asoslangan;
giyohvandlik bilan bog‘liq bo‘lgan temir tanqisligi holatlari va temir tanqisligi kamqonligini erta tashxislash va samarali profilaktika qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
epidemiologik skrining va profilaktika qilish algoritmi aholining giyohvandlikga chalingan populyasiyasi orasida temir tanqisligi holatlarini oldini olish imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi aholi populyasiyasida erta tashxislashning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini va samarali profilaktika tizimini ishlab chiqish orqali temir tanqisligi kamqonligini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
giyohvandlashayotgan aholi populyasiyasida temir tanqisligi holatlari profilaktikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Giyohvandlashayotgan aholi populyasiyasida temir tanqisligi holatlari profilaktikasini takomillashtirishning yangi texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 noyabrdagi 8n-d/212-son ma’lumotnomasi). Natijada giyohvandlikda temir tanqisligi kamqonligi va u bilan bog‘liq klinik holatlar rivojlanishini oldini olish bo‘yicha profilaktik yondashuvlar sifatini oshirish imkonini bergan;
giyohvandlikda temir tanqisligi kamqonligi holatlarini profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 noyabrdagi 8n-d/212-son ma’lumotnomasi). Giyohvandlikda yashirin temir tanqisligini oldini olish bo‘yicha taklif qilingan kompleks profilaktik chora-tadbirlar temir tanqisligi holati rivojlanish xavfini 85%gacha kamaytirishga, prenozologik bosqichda kamqonlikni erta aniqlashni ta’minlashga, anemik kontinuum shakllanishini oldini olishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.