Sayt test rejimida ishlamoqda

Pozilov Ma’murjon Komiljonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eksperimental diabetda jigar mitoxondriyasi funksiyasining buzilishlari hamda ularni sal`vifolin va glikorazmulin bilan korreksiyalash», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B3.

Ilmiy rahbar: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.

Rasmiy opponentlar: Sabirov Ravshan Zairovich, biologiya fanlari doktori, professor; Zaynabiddinov Anvar Erkinjonovich, biologiya fanlari doktori.

Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: diabet modelida oq kalamushlar jigar mitoxondriyalarining membranaviy buzilishlarini aniqlash hamda ularni sal`vifolin diterpenoidi va glikorazmulin substansiyasi bilan korreksiyalashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor sal`vifolin diterpenoidi va glikorazmulinning membranafaol xossalari aniqlangan;

in vitro tajribalarda sog‘lom hayvonlar jigaridan ajratilgan mitoxondriyalarning ion kanallari va energetik metabolizm jarayonlariga sal`vifolin va glikorazmulinning konsentratsiyaga bog‘liq ta’siri aniqlangan;

eksperimental diabet sharoitida sal`vifolin diterpenoidi va glikorazmulin substansiyasining antioksidant xossalari, mPTPga ingibirlovchi ta’sir etishi, mitoKATF-kanal faolligiga va ATF sintezi jarayoniga samarali ta’sir etishi isbotlangan;

eksperimental diabetda jigar mitoxondriyasi membranasining passiv ion o‘tkazuvchanligi o‘zgarishi va ushbu sharoitlarda sal`vifolin hamda glikorazmulinning korreksiyalovchi ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Eksperimental diabetda jigar mitoxondriyasi funksiyasining buzilishlari hamda ularni sal`vifolin va glikorazmulin bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

diabetga qarshi yangi samarali dorivor vosita yaratishga va uni farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zfarmsanoat» DAKning 2017 yil 3 fevraldagi
MD-06/313-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari glikorazmulin substansiyasining asosida «Diabenit–100 mg» kapsulalarini ishlab chiqarish hamda qandli diabetni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;

sal`vifolinning antioksidantlik va oshqozon osti bezi mitoxondriyasi membranasiga stabillovchi xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan F-5-03 «Oshqozon-ichak ekotizimi individual evolyusiyasi va ekologik ifloslangan ozuqa» ilmiy loyihasida (O‘zMU, 2012-2016 yy.) organizmning og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish sharoitida oshqozon osti bezi fermentlari faolligi diterpenoid ta’sirida o‘zgarishini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 24 noyabrdagi FTK-0313/845-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi organizmning qo‘rg‘oshin tuzlari bilan zaharlanishida sal`vifolin al`fa-amilaza fermenti faolligini qayta tiklash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish