Atamurodov To‘lqin To‘ymurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1207.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurillaev Abdulaziz Sirojiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini  takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xaridlarida narxlar shakllanishida monopolistik yoki oligopolistik harakatlarning oldini olish, narxlarni cheklash va ularni joyida optimal aniqlash maqsadida davlat xarid komissiyasi tarkibini vakolatli davlat organlari vakillari hisobidan optimallashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash yuzasidan «to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni» onlayn shaklda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotlarni shaffofligini ta’minlashda «namunaviy hujjat shakllari», «davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reestri»  va «yagona etkazib beruvchilar reestri» kabi hujjat shakllari taklif etilgan;
davlat buyurtmachisi tomonidan xaridni bekor qilishning asoslantirilgan sababini portalda e’lon qilishning majburiy tartibini kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
narxlar shakllanishida monopolistik yoki oligopolistik harakatlarning oldini olish, joyida aniqlash va cheklashni tartibga solish maqsadida davlat xaridi vakolatli organlari tarkibini institusional jihatdan optimallashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 iyuldagi «Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6019-son farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2021 yil 19 yanvardagi 94/04-17-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 2021 yil 26 yanvardagi 04/1-06-91-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy etish orqali o‘tkazilayotgan davlat xaridlarida narhlarni shakllanishi va tender jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan monopolistik yoki oligopolistik harakatlarni oldini olish, joyida aniqlash va cheklash imkoniyati yaratilgan.
byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash yuzasidan «to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni amalga oshirish» taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 iyuldagi «Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6019-son farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2021 yil 19 yanvardagi 94/04-17-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 2021 yil 26 yanvardagi 04/1-06-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat xaridlarini amalga oshirishning shaffofligi yanada oshirilgan va maqsadliligi ta’minlangan.
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotlarni shaffofligini ta’minlashda «namunaviy hujjat shakllari», «davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reestri»  va «yagona etkazib beruvchilar reestri» kabi hujjat shakllarini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 yanvardagi “Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 37-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 19 yanvardagi 94/04-17-son ma’lumotnomasi). Ushbu hujjatlarni kiritish orqali davlat haridlari ishtirokchilarining xabardorligi ortadi. Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi axborotlarning ochiqligi ta’minlangan.
davlat buyurtmachisi tomonidan xaridni bekor qilishning asoslantirilgan sababini portalda e’lon qilishning majburiy tartibini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 yanvardagi “Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 37-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2021 yil 19 yanvardagi 94/04-17-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 2021 yil 26 yanvardagi 04/1-06-91-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat xaridlarini bekor qilish sabablarini o‘rganish imkoniyati yaratiladi va xaridlarni shaffofligi ortadi hamda qasddan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilish ulushi kamayadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish