Xotamov Asadulla Toshtemirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaharsozlikda uy-joy fondini eskirishini baholash metodologiyasi va monitoring tizimining ilmiy asoslari”, 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4.DSc/T408.
Ilmiy maslahatchi: Shukurov Ilxomjon Sadrievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abbos Agzamovich – texnika fanlari doktori, professor; Durdieva Gavhar Salaevna – arxitektura doktori, katta ilmiy xodim; Ibragimov Baxrom Toshmuratovich – texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p kvartirali uylar (KKU)ning eskirishini regional xususiyatlardan kelib chiqqan holda baholash usullarini ishlab chiqish va ularning texnik holatini raqamli boshqarish bo‘yicha elektron pasportga asoslangan monitoringi tizimini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizdagi KKU ning mavjud holati kompleks tahlil qilinib, ularning ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan, ekspluatatsiyadagi KKU ning barvaqt ishdan chiqishiga olib kelayotgan ichki va tashqi ustivor regional omillar ulushi aniqlangan va tizimlashtirilgan;
respublikaning turli regionlari bo‘yicha ekspluatatsiyadagi avariya holati qayd etilgan yog‘och, tabiiy toshli, g‘ishtli va yig‘ma temirbeton panel konstruksiyali KKU bo‘yicha jismoniy eskirishi jadalligi ko‘rsatkichlari binoning me’yoriy xizmat muddatiga nisbatan aniqlashtirilgan.
KKU ning qoldiq xizmat muddati, ishonchliligi hamda umrboqiyligi ko‘rsatkichlarini prognoz qilish usullarini jismoniy eskirish parametri orqali takomillashtirilib, KKU texnik holatini baholashning yangi – jismoniy eskirishni, nuqsonlarni va vaqt omilini inobatga oluvchi modifikatsion usuli ishlab chiqilgan;
kapital ta’mirlash ishlarini maqbul echimini topish uchun KKU da ishlatiladigan qurilish materiallarining me’yoriy va haqiqiy xizmat muddatlari o‘rtasidagi nomutanosibliklar aniqlangan, ekspluatatsiyaning istalgan bosqichida KKU va uning tashkil etuvchi konstruksiyalarning jismoniy eskirishini statistik tahlillar natijasida prognozlash usuli ishlab chiqilgan;
qoniqarsiz ekspluatatsiyadagi g‘ishtli va yig‘ma temirbeton panelli KKU ning jismoniy eskirishini baholashning hududiy omillarni inobatga oluvchi modellari ishlab chiqilgan;
KKU ga tabiiy va texnogen omillar ta’sirida etkazilgan iqtisodiy zararlarni baholashning an’anaviy birlik usulidan farqli bo‘lgan yangi– jismoniy eskirish orqali baholash usuli ishlab chiqilgan;
uy-joy fondini ommaviy inventarlash va pasportlashtirish ishlarini amalga oshirishda KKU ning optimal ekspluatatsiyasini tashkil etish hamda shaharsozlik kadastrini raqamli boshqarishni tashkil etish bo‘yicha elektron pasportga asoslangan monitoring tizimi modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaharsozlikda uy-joy fondining eskirishini baholash metodologiyasi va ularni monitoring qilishning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
KKU salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sizot suvlari sathi va tarkibining o‘zgaruvchlanligi tabiiy ekstremal hududlarni shaharsozlik nuqtai - nazaridan zonalash bo‘yicha tavsiyalar O‘zR Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “ShNQ 1.03.11-07” da joriy etilgan (O‘zR Qurilish vazirligining 2021 yil, 13 yanvardagi 09-06/333-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarni shaharsozlik nuqtai nazaridan qulayligini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan;
KKU ni jismoniy eskirishini baholashda aniqlangan baholash modellari, modifikatsion usuli hamda KKUga tabiiy va texnogen omillar ta’sirida etkazilgan iqtisodiy zararlarni baholashning yangi usuli “Sud-qurilish-texnik ekspertizasi” sohasida foydalanishga qabul qilingan (O‘zR Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymanova nomidagi respublika sud ekspertiza markazining 2021 yil 12 yanvardagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada KKUning texnik holatini ommaviy baholash natijalari aniqligi 20% ga oshgan. Etkazilgan iqtisodiy zararlarni baholashning yangi usuli mavjud usulga nisbatan zararni yuqori aniqlikda hisoblash imkoniyatini bergan;
ekspluatatsiyadagi KKUning muddatidan oldin ishdan chiqish sabablari, ularga salbiy ta’sir etuvchi tabiiy va texnogen omillar tizimi O‘zR FVV - Kapital qurilish va ta’mirlash boshqarmasining tabiiy ekstremal hududlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zR FVV - Kapital qurilish va ta’mirlash boshqarmasining 2020 yil, 30 dekabrdagi 24/4-364-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarni tabiiy va texnogen turdagi favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish nomenklaturasiga yangi tabiiy ekstremal hudud kiritilgan;
O‘zR UJKXK vazirligining “Uy-joy kodeksi” ni yangi tahririda, “KKUni boshqarish to‘g‘risida” gi O‘zR qonunini ishlab chiqishda hamda O‘zR UJKXK vazirligi buyurtmasiga asosan mazkur ilmiy tadqiqot natijalari «O‘zRda KKU ekspluatatsiyasi sifatini oshirish bo‘yicha elektron pasport shaklida monitoring tizimini joriy etish” loyihasida joriy etilgan (O‘zR UJKXK vazirligining 2021 yil, 12 yanvardagi 07/01-91-son ma’lumotnomasi). Natijada KKU ekspluatatsiyasi sohasida raqamli boshqarishni joriy etish imkonini bergan.
2021 yilda 2 ta qayta ishlanayotgan: “ShNQ 1.03.11-07” da (sizot suvlari sathi va tarkibi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy ekstremal hududlar) va QMQ 2.01.16-97 da (KKU ning jismoniy eskirishini baholashning yangi modifikatsiyalashgan usuli va modellari); 2 ta yangi ishlab chiqilayotgan ShNQ 1.04.01-21 (KKU ning jismoniy eskirishi jadalligi ko‘rsatkichlari «λ» va prognozlash modellari) hamda ShNQ 2.06.15-21 (hududlarni tabiiy ekstremal hududlarda sizot suvlari sathi va tarkibi bilan bog‘liq bo‘lgan ta’sirlardan muhofaza qilish) me’yoriy hujjatlarida joriy etilmoqda (“Qishloqqurilishloyiha” MChJning 2021 yil, 11 maydagi 412/09-son ma’lumotnomasi).