Jumaev Sayfiddin Qodirovichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyolar asosida olingan antipirenlar bilan yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalash”, 05.10.02 - “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1241.
Ilmiy rahbarlar: Samigov Ne’matjon Abdurahimovich, texnika fanlari doktori, professor, Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilishinstituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanbaev Shuhrat Ergashevich – texnika fanlari doktori; Sattorov Zafar Muradovich – texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yog‘och materiallarini mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosidagi antipirenlar bilan yong‘indan himoyalash va uning samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida fosfor-, azot va metall guruhli birikmalarni reaksion qobilyati yuqori organik moddalar bilan reaksiyasi asosida yog‘och qurilish materiallarni yong‘indan himoyalovchi oligomer antipiren tarkiblari yaratilgan;
olingan oligomer antipirenlar yuqori harorat ta’sirida havodagi kislorod bilan birikishi orqali turli oksidlar hamda suv bug‘larni hosil qilishi natijasida yog‘och qurilish materiallarining olovbardoshlik xossalarini yaxshilash mexanizmi asoslangan;
oligomer antipirenlar bilan modifikatsiyalangan yog‘och qurilish materiallarining fizik-mexanik xossalari va olovbardoshlik darajasi oshirilganligi aniqlangan;
tarkibida fosfor-, azot va metall guruhli oligomer antipirenlarni olish va ular asosida yog‘och qurilish materiallarga bosim ostida shimdirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida olingan antipirenlar bilan yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalash bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalovchi tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vairligi huzuridagi Intelektual mulk agentligidan “Ixtiroga patent” olingan (№ IAP 06100 «Ognezashhitniy sostav dlya obrabotki drevesini» 11.12.2019 y.). Natijada, yangi tarkib yog‘och qurilash materiallarining olovbardoshligini oshirish imkonini bergan;
yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalash maqsadida yaratilgan ADj markali tarkiblar “Jizzax binokor savdo” MChJ, “Feniksplyus” KTXF, “QAYUM HOJI SERVIS” MChJ, “OMAD” QK, “Semerango Stroy Servis” MChJ, “SAD” MChF hamda “Haqqulobod alanga yong‘inni oldini olish” unitar korxonalarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 09-06/8348-son va O‘zbekiston Respublikasi O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2020 yil
20 oktyabrdagi 05/15-3264-son ma’lumotnomalari). Natijada yog‘och kurilish materiallarining massa yo‘qotishi 5,8% bo‘lishiga (ishlov berilmagan yog‘ochda 62,1% ni tashkil etgan) hamda yog‘ochning yuzasi bo‘ylab alanga tarqalish indeksini 115%ga kamaytirish imkonini bergan;
oligomer asosidagi ADj markali antipirenlarning ta’sir etish xususiyatini hisobga olgan holda yog‘och materiallariga chuqur shimdirish uchun yangi avtoklav laboratoriya uskunasi O‘zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligi tizimida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 2/2/38-1333-son ma’lumotnomasi). Natijada yog‘och qurilish materiallariga laboratoriya sharoitida antipirenlarni shimdirish mexanizmi hamda texnologiyalarining samaradorligini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish