Djuraeva Nargiza Batirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: « Tabiiy grunt bilan o‘zaro ta’siridagi chuqur yumshatgich ishchi organining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tadqiqoti», 01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/FM404
Ilmiy rahbar: Rashidov Tursunboy , texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti. irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi. DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Ismoil Ibroximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproqqa ishlov berish mashinalarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va energiya sarfini kamaytirish maqsadida elastik va siqiluvchan plastik muhit sifatida modellashtirilgan tuproqda harakatlanayotgan chuqur yumshatgich ishchi organining dinamikasini hisoblash va uning yuklanishini baholashda sonli-analitik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiziqli-elastik va siqiluvchan plastik muhitda ingichka pona va aylana konus shaklidagi yumshatish panjasi ikki o‘lchovli harakatining tavsifi mexanik-matematik modeliga asoslangan va bog‘lanish shartlari bajarilganda tuproq muhitining qarshilik kuchlari aniqlangan;
siqiluvchan plastik muhit modeli va “yassi kesimlar gipotezasi” asosida yakuniy deformatsiyalar hisobga olingan holda, grunt muhitida “tayanch – yumshatish panjasi” tizimining gorizontal-aylanma harakatini aniqlash usuli ishlab chiqilgan hamda tortish kuchi ta’sirida yumshatish panjasining gruntdagi harakat qonuni olingan;
chiziqsiz chegaraviy shartlarga ega yumshatgich tayanchining ko‘ndalang tebranishi to‘g‘risidagi masalani echish usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, u cheksiz tizimiga keltirilib olingan va uning echimini aniqlash uchun qisqartirish usulidan foydalanish taklif etilgan;
grunt muhitida gorizontal va vertikal harakatlanuvchi, pastki uchida yakuniy massa - yumshatish panjasi bilan biriktirilgan yumshatgich tayanchining yuklanganlik darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy grunt bilan o‘zaro ta’siridagi chuqur yumshatgich ishchi organining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘ndalang va bo‘ylama dinamik kuchlar ta’sirida pastki qismida massa (yumshatish panjasi) bilan biriktirilgan chuqur yumshatgich tayanchining yuklanishini baholash uchun ishlab chiqilgan uslubi Yangiyo‘l tumani «Istiqlol agro omad» fermer xo‘jaligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 02/023-4561-sonli ma’lumotnomasi). Hisoblash yo‘li bilan dinamik tortish kuchi 1,1-1,5 marta ortish imkoni mavjudligi aniqlangan;
ichki ishqalanish koeffisienti va tuproqning siqilish parametrini hisobga olgan holda tuproq muhitida yumshatish panjasining harakatini aniqlash usuli, ya’ni tuproqning eng kam qarshilik yo‘nalishida deformatsiyalanishi uni sifatli yumshatilishini asoslash usuli Yangiyo‘l tumani «Ideal kelajak agro» fermer xo‘jaligida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 02/023-4561-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishchi organining qarshilik kuchini 1,2-3,4% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
mustahkamlik xususiyatlarini yaxshilash va energiya sarfini kamaytirish maqsadida ratsional parametrlarni asoslash va tuproq bilan o‘zaro ta’siridagi chuqur yumshatgich ishchi organining dinamik mustahkamligini hisoblash bo‘yicha hamda tajriba-sanoat namunasini loyihalash va ishlab chiqarish uchun tavsiyalar «VMKV-Agromash» AJda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 02/023-4561-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul energiya sarfini 20% ga kamaytirish imkoni yaratilgan.