Kuldashov Bobomurod Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya navlarining hosildorligiga ekish sxemalari, me’yorlari va inokulyantlarning ta’siri”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4 PhD/Qx670.
Ilmiy rahbar: Hamzaev Abdushukur Xudoyqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Mas’udjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soya navlarinig asosiy ekin sifatida etishtirish texnologiyasining asosiy unsurlari bo‘lgan ekish sxemalari, me’yorlari hamda inokulyantlarning qo‘llashni maqbullashtirish orqali hosildorlikni oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda amaliyotga joriy etish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati o‘tloq-bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soyaning Nafis va Selekta-302 navlari uchun maqbul ekish sxemasi qo‘shqator 90x20 sm, maqbul ekish me’yori gektariga 650 ming dona/urug‘, (110-114 kg) ekanligi isbotlangan;
oddiy qatorlab - 60 va 90 sm sxemalarga nisbatan, qo‘sh qatorlab - 90x20 sm ekishning o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’siri yuqoriligi aniqlangan;
ilk bor soya o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik faoliyati, hosildorligiga ekish sxemalari va me’yorlarining uyg‘unlashgan ta’siri aniqlangan;
turli inokulyantlarning (Nitroforte-J, Nitroforte-P, Rizovit-AKS, Bradyrhizobium japonicum+Bacillus Subtilis BS-26, besh yil davomida soya ekilgan va Bradyrhizobium japonicum bakteriyalari populyasiyasi mavjud bo‘lgan tuproq) samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soyaning navlarini hosildorligiga ekish sxemalari, me’yorlari va inokulyantlarning ta’sirini aniqlash borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun «Samarqand viloyati sharoitida turli ekish sxemalari, me’yorlari va inokulyantlar asosida soya etishtirish bo‘yicha tavsiyalar» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 martdagi №02/027-912-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklari uchun soya etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soya urug‘larini qo‘sh qatorlab 90x20 sm sxemada ekish texnologiyasi Samarqand viloyati Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on, Bulung‘ur, Jomboy, Payariq, Narpay, Pastdarg‘om, Nurobod, Tayloq tumanlarida, jami 73,4 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 martdagi №02/027-912-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur texnologiyani joriy qilish evaziga xo‘jaliklar o‘rtacha 5,9 mln. so‘m foyda olishgan va 81,6 % rentabellikka erishgan;
soyaning Nafis va Selekta-302 navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar (P90K60) Nitroforte-J preparatini qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida, jami 23,5 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 martdagi №02/027-912-sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnologiyani joriy qilishdan fermer xo‘jaliklar o‘rtacha 7,4 mln. so‘m foyda olishgan va 108,6 % rentabellikka erishgan.